Magistr (lotincha magister - boshliq, ustoz) — ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori oʻrtasidagi ilmiy daraja. Tayanch oliy taʼlim kursidan soʻng qoʻshimcha dastur bajargan, maxsus imtihonlarni topshirgan va muayyan ilmiy ishni himoya qilgan shaxslarga beriladi.

Oʻzbekistonda magistr darajasi

tahrir

Oʻzbekistonda magist darajasi „Taʼlim toʻgʻrisida“gi qonun va „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ (1997) ga muvofiq, universitetlar, akademiyalar, institut va oliy maktabning boshqa taʼlim muassasalarida oliy taʼlimning 2-bosqichi yaʼni magistraturani tugatganlarga beriladi. Davlat malaka attestatsiyasi yakunlariga koʻra beriladi. Magistrlarga tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar va ilmiy faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.