Magnitskiy qonuni (inglizcha: Sergei Magnitsky Rule of Law Accountability Act — „Sergey Magnitskiy nomli Qonun Masʼuliyati Qoidasi Akti“; ruscha: Закон Магнитского) AQSh qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan qonun boʻlib, Amerika Qoʻshma Shtatlariga inson huquqlari va qonun ustuvorligini buzgan shaxslarni kiritmaslik va boshqa sanksiyalarni nazarda tutadi. Qonun Rossiyada hibsga olinib, qamoqda oʻlgan korrupsiyaga qarshi kurashchi Sergey Magnitskiy sharafiga shunday nomlangan. Magnitskiy qonuni boʻyicha AQSh va Buyuk Britaniyaga 60 nafar rossiyalik mansabdor shaxslar kirishi mumkin emas va ularning AQSh va Buyuk Britaniyadagi bank hisoblari muzlatiladi.[1][2][3]

Magnitskiy qonuni Rossiya hukumati keskin tanqidiga uchradi.[4][5] Qonunga javoban Rossiya Davlat Dumasi deputatlari amerikaliklarga rossiyalik yetimlarni asrashni taqiqlovchi qonunni taklif etishdi.[6] Biroq rus muxolifati va fuqarolari Magnitskiy qonunini olqishlashdi,[7] deputatlar taklif etgan javobiy qonunni esa „ablahlar qonuni“ (ruscha: закон подлецов) deb tanqid etishdi.[8][9]

Manbalar

tahrir