Mahammadjon Sobirov
Mahammadjon Sobirovich Sobirov (1907, Turkiston shahri — 1985, Samarqand) — matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsentyabr Samarqand pedagogika akademiyasining tabiiy-matematika fakultetini tugatgan (1932). Oʻzbekiston davlat universiteti (Samarqand Davlat Universiteti) da assistent, oʻqituvchi, katta oʻqituvchi, fakultet dekani, kafedra mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha prorektor lavozimlarida ishlagan (1933—77). Ilmish ishlari asosan sonlar nazariyasiga oid.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |