Mahfūẓ al-Haqq ibn ʿAziz al-Haqq ibn Irshod ʿAli ad-Dakaviy (arabcha: محفوظ الحق بن عزيز الحق بن إرشاد علي الداكوي 1969-yil noyabrda tugʻilgan[1]), yoki oddiygina Mahfuzul Haq (bengalcha: মাহফুজুল হক), Bangladeshlik Deobandiy islom olimi, siyosatchi, pedagog va notiq. U Hefazat-e-Islom Bangladesh sobiq vitse-prezidenti, Befaqul Madarisil Arabiya bosh kotibi, Jamia Rahmoniya Arabiya kansleri va mintaqaviy Qavmiy taʼlim kengashi prezidenti hisoblanadi. U, shuningdek, Al-Hayatul Ulya doimiy qoʻmitasining aʼzosi va Bangladesh Xelafat Majlisining bosh kotibi boʻlgan.

Mahfuzul Haq
মাহফুজুল হক
Bosh kotib, Bangladesh Xilafat majlisi
Mansab davri
2013 – 2020
Vorisi Mamunul Haq
maslahatchi, Jamiya Rahmoniya Arabiya
Mansab davri
2002-yil
Oʻtmishdoshi Azizul Haq

Yoshlik yillari va oilasi tahrir

Mahfuzul Haq 1969-yil noyabrda Dakkaning Azimpur shahrida tugʻilgan. U Munshiganjning Louxajang shahridagi Bhirich Xon qishlogʻidan boʻlgan Bengal musulmon qodis oilasiga mansub[2]. Uning otasi Azizul Haq Xelafat majlisining asoschisi va Sahihi Buxoriyning birinchi bengalcha tarjimoni edi. Mamunul Haq uning ukasi, Bangladeshdagi nufuzli islomiy notiq va siyosatchi[3][4][5][6][7].

Taʼlimi tahrir

Boshlangʻich taʼlimni otasi Azizul Haqdan olgan. Keyin Azimpur Chan-Tara Hefz madrasasiga qabul qilingan. Abdulmatin qoʻl ostidaligida 11 yoshida Qur’onni yod olgan[3].

Keyin u Jamiya Quraniya Arabiya Lalbagʻga qabul qilingan. 1984-yilda 14 yoshida Hofizzi Huzur boshchiligidagi Ershodga qarshi harakatga qoʻshilgan va hibsga olingan[3].

1986-yilda Bara Katara madrasasiga oʻqishga qabul qilinadi. Keyinchalik u otasi Azizul Haq tomonidan asos solingan Jamiya Muhammadpurga koʻchib oʻtadi. U Jamiya Rahmoniya Arabiya nomidagi Sat Gambuj masjidiga oʻtgan. U 1991-yilda Jamiya Rahmoniyada Hadis boʻyicha magistrlik darajasini tamomlagan. 1992-yilda Dorul Ulum Deobandga borib, ikkinchi marta Hadis fanlari boʻyicha magistraturada tahsil olgan[3].

Faoliyati tahrir

Oʻz taʼlimni tamomlagach, mehnat faoliyatini 1993-yilda Dakka shahridagi Jamiya Rahmoniya Arabiyada oʻqituvchi sifatida boshlagan, u yerda „Islom huquqi va tadqiqotlari“ kafedrasida tahsil olgan va tasdiqlangan sertifikat bilan muftiy boʻlgan[3].

2000-yilda Azizul Haq „Jamiya haqiqati“ nomli madrasa ochadi va unga mudir etib tayinlanadi. 2001-yilda u Jamiya Rahmoniya direktorining yordamchisi, 2002-yilda esa kansler lavozimiga koʻtarildi[3]. 2005-yilda Befaqul Madarisil Arabiyaning qoʻshma bosh kotibi etib saylangan va 2020-yil 3-oktabrda bosh kotib etib tayinlangan[8].

Jamiya Rahmoniyaning oʻqituvchisi etib tayinlanganidan keyin u Xelafat majlisi siyosatiga aralashadi. 2005-yilda ushbu partiyadan „Majolis-e-Shoʻro“ga aʼzo etib saylangan. 2012-yilda vitse-prezident, 2013-yilda esa bosh kotib etib tayinlangan. Befaq bosh kotibi etib saylanganidan soʻng, konstitutsiyaga koʻra, 2020-yil 10-oktabrda Xelafat bosh kotibligidan isteʼfoga chiqqan[7].

Bangladesh qonuni unga Al-Hayatul Ulya Lil-Jamiyatil Qavmiya Bangladesh doimiy qoʻmitasi aʼzosi boʻlish huquqini bergan[9].

Oilasi tahrir

U toʻrt farzandning otasi boʻlib, oilasining barcha aʼzolari hofizlardir[3].

Manbalar tahrir

  1. al-Kumillai, Muhammad Hifzur Rahman „شيخنا وسندنا المحدث الكبير الفقيه الضليع العلامة البارع، المعروف بشيخ الحديث عزيز الحق بن الحاج الشيخ إرشاد علي الداكوي“,. كتاب البدور المضية في تراجم الحنفية (ar). Cairo, Egypt: Dar al-Salih, 2018. 
  2. Haque, Mamunul (2019), শায়খুল হাদীস আজিজুল হক রাহ. এর বর্ণাঢ্য জীবন (Bengali)
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Anaetullah. „Short biography of Mufti Mahfuzul Haque“ (bn). Daily Jubokantho (2020). 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  4. „Qawmi Madrassah Education Board gets new chairman“. New Age (2020-yil 3-oktyabr).
  5. „President of Qaumi Madrasa Board Mahmudul Hasan, Secretary General Mahfuzul Haque“ (bn). Prothom Alo (2020-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  6. A Khan, Nazmul. „All bets are off on Hefazat“ (en). The Daily Star (2020-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 „Mahfuz resigned as secretary general of the Bangladesh Khilafah Majlis and Mamun took over“ (bn). Bangla Tribune (2020-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  8. Staff Reporter. „Befaq secretary general Mahfuzul Haque on condition of leaving the party post“ (bn). Bangla Tribune (2020-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.
  9. „law of granting the equivalent of Master's Degree (Islamic Studies and Arabic) to the certificate of Daora Hadith (Takmil) of Qawmi Madrasa, 2018.“. bdlaws.minlaw.gov.bd. Qaraldi: 2020-yil 18-oktyabr.

Havolalar tahrir