Rimpy Kaur „Mahie“ Gill (1975-yil 19-dekabrda tugʻilgan) — hind aktrisasi, hind va panjob kino sanoatida ishlaydi. U Anurag Kashyapning tanqidlarga uchragan hindcha Dev.D filmidagi Paro roli bilan tanilgan. Sarat Chandra Chattopadhyayning Bengal novellasi Devdasning zamonaviy surati uchun u 2010-yilda „Eng yaxshi aktrisa uchun“ Filmfare tanqidchilar mukofotini qoʻlga kiritdi. U Dev.D bilan Bollivudda debyut qilishdan oldin oʻz faoliyatini panjob filmlarida boshlagan.[1]

Mahie Gill
Tavalludi
Rimpy Kaur Gill

1975-yil, 19-dekabr
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2003–hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Natijada, u Saheb, Biwi Aur Gangster, shuningdek, uning davomi, Saheb, Biwi Aur Gangster Returnes filmida rol ijro etganidan kegin tan olindi.

Faoliyati tahrir

Gill oʻzining ilk tanaffusini Bolliwoodning panjobi tiliga asoslangan Hawayein filmi bilan oldi va teatr bilan bir qatorda bir nechta panjob filmlarida suratga tushdi. Anurag uni birinchi marta ziyofatda koʻrib qolganidan soʻng uni Dev.D filmidagi Paro obrazini oʻynashi uchun darhol taklif qildi.[2] U Ram Gopal Vermaning 2008-yildagi Niraj Grover qotilligi ishi asosida yaratilgan No Love Story filmida ishlagan.[3] U shuningdek, 2011-yil 30-sentyabrda chiqarilgan Jimmy Sheirgill va Randeep Huda bilan Saheb, Biwi Aur Gangster -da ishlagan. Bu film unga Filmfare mukofotlarida „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasini taqdim etdi.[4]

Gill Irfan Khan bilan Paan Singx Tomar filmida paydo boʻldi. Bu film zoʻravonga aylangan sportchining haqiqiy hikoyasiga asoslangan. Bunda u bosh qahramonning xotini rolini oʻynadi. Gill oʻzining debyutini Apoorva Lakhianing Toofan filmida amalga oshirdi, u hind tilidagi Zanjeer bilan bir vaqtda suratga olingan. U oʻzining birinchi mashxur chiqishini Tigmanshu Dhulianing Bullett Raja filmida qildi.[5]

Mahie Gill rejissyor Mahesh Manjrekar tomonidan suratga olingan „1962 The War in the Hills“ nomli navbatdagi onlayn-serialida koʻrinadi. Serialda Abhay Deol, Sumeet Vyas, Akash Thosar rol oʻynaydi.[6]

Shaxsiy hayoti tahrir

Gill yigiti bilan Goada yashaydi va Veronika ismli qizi bor.[7][8]

Filmografiya tahrir

Yil Nom Rol Til Izohlar
2003 Hawayein Laaliii Hind
2004 Khushi Mil Gayee Panjob
2006 Sirf Panch Din
2007 Khoya Khoya Chand Prem Kumarning uyidagi Starlet Hind
Mitti Wajaan Maardi Raani Panjob
2008 Chak De Phatte Simran
2009 Dev.D Parminder 'Paroʻ Hind Eng yaxshi aktrisa uchun Filmfare Critics mukofoti
Gulaal Madhuri
Pal Pal Dil Ke Ssaat Dolly
Aagey Se Right Sonia Bhatt
2010 Dabangg Nirmala Hind
Mirch
2011 Utt Pataang Sanjana Mahadik Hind
Not a Love Story Anusha Chawla
Saheb, Biwi Aur Gangster Madhavi Devi Nomzod — Eng yaxshi aktrisa uchun Filmfare mukofoti
Michael Rwitika
2012 Paan Singh Tomar Indira Hind
Carry On Jatta Mahie Kaur Panjob
Dabangg 2 Nirmala Pandey Hind
2013 Saheb, Biwi Aur Gangster Returns Madhavi Devi
Zanjeer Mona
Bullett Raja "Donʼt Touch My Body" qoʻshigida maxsus koʻrinish
Gang of Ghosts Manoranjana Kumari
2014 Buddha in a Traffic Jam Charu Siddhu Hind/ Izngliz
2015 Shareek Jassi Panjob
Hey Bro Oʻzi Hind Maxsus koʻrinish
2016 Aatishbazi Ishq Veeraʼn Panjob Prodyuser
2017 Wedding Anniversary Kahaani Hind
2018 Phamous Rosy oʻqituvchi Hind
Saheb, Biwi Aur Gangster 3 Madhavi Devi
2019 Family of Thakurganj Sharbati Hind
Posham Pa Prajakta Deshpande ZEE5 da chiqariladi
2020 Durgamati Satakshi Ganguly
Doordarshan Priya Bhateja aka Billo Hind
2021 Jora:The Second Chapter Panjob Rejissyor Amardep Singh Gill

Onlayn-seriyalar tahrir

Yil Nom Rol Platforma
2018 Apharan — Sabka Katega Madhu Tyagi/Malini ALTBalaji
2019 Fixerr Kesar Maalik ALTBalaji and ZEE5
2021 1962: The War in the Hills Shagun Singh Disney+ Hotstar
2021 Your Honor Yashpreert SonyLIV

Manbalar tahrir

  1. „I don't have time to date anyone: Mahi Gill“. The Indian Express (2009-yil 11-sentyabr). 2010-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-may.
  2. Menon. „Mahi Gill: A girl on the verge“. The New Indian Express (2009-yil 3-iyul). 2016-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  3. „It was difficult working in 'Not A Love Story': Mahi Gill“. Mid-Day (2011-yil 21-iyul). 2016-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  4. „Filmfare Awards 2011 - Nominations List“. The Times of India (2012-yil 20-yanvar). 2016-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-aprel.
  5. Udasi, Harshikaa. „The next item“. The Hindu (2013-yil 2-mart). 2013-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-sentyabr.
  6. Keshri. „1962 The War In The Hills trailer out. Abhay Deol's Indo-China war drama looks epic“ (en). India Today (2021-yil 15-fevral). Qaraldi: 2021-yil 25-fevral.
  7. „Mahie Gill: I am unmarried and mother of a three-year-old girl | Hindi Movie News - Bollywood - Times of India“. 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
  8. „Mahie Gill reveals she has 3-year-old daughter with live-in boyfriend“ (2019-yil 3-iyul). 2019-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.