Mahkam Obloqulov
Mahkam Obloqulov (16-aprel 1920-yil, Urgut tumani — 12-fevral [[1992-yil]) — kulol; Samarqand kulollik maktabining namoyandasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Hunarni ota-sidan oʻrgangan. 1935-yildan "Harakat" va "Ittifoq" (1937-yildan) artellarida kosagar usta. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1942 — 44). Kosagar (kosa, lagan, tovoq) hamda koʻzagar (koʻza, xum, tandir yasash) sifatida urgut kulolligini rivojlantirdi; anʼanaviy shakldagi kulollik buyumlarida rang va boʻyoklar jilvasi (sariq, yashil rang va ularning oʻnlar-cha tuslari)ni yaratdi. Obloqulov yaratgan kulollik buyumlaridan namunalar Oʻzbekiston va xorijiy mamlakat muzeylarida va xususiy toʻplamlarda saqlanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |