Mahmoud Dahoud
Mahmud Dovud (nemischa: Mahmoud Dahoud ;) — nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi yarim himoyachisi hisoblanadi .
Mahmoud Dahoud | |
---|---|
Umumiy ma'lumotlari | |
Tug`ilgan |
1-yanvar 1996-yil (26 yosh)
|
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
178 cm |
Vazni |
68 kg |
Pozitsiyasi | |
Klub haqida ma'lumot | |
Klub | |
Raqam |
8 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Biografiyasi
tahrirDovud Suriya Kurdistonida, Suriya shimoli-sharqidagi, Turkiya va Iroq bilan chegaradosh Amuda shahrida tugʻilgan. Mahmud 10 oylik boʻlganida, uning ota-onasi mahalliy qurolli toʻqnashuvlardan Suriya-Turkiya chegarasi orqali Germaniyaga qochib ketishgan[1]. Daud oilasi Dyusseldorfning gʻarbiy chekkasida joylashgan Langenfeldga joylashgan. Mahmud futbolni tumandagi SC Germania Reusrath klubining bolalar boʻlimida boshlagan. Keyinchalik u Fortuna Dyusseldorfning yoshlar jamoasida oʻynay boshladi va 2010-yilda u Myonxengladbaxning „Borussiya“ klubi yoshlar akademiyasiga qabul qilingan.
Jamoalardagi faoliyati
tahrir2014-yil 28-avgust kuni 18 yoshli Daoud „Borussiya“ ning asosiy tarkibida Yevropa Ligasi pley-off bosqichi javob o‘yinida Bosniyaning „Sarayevo“ jamoasiga qarshi o‘yinda maydonga tushgan va bu o‘yin „Borussiya“ning 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi[2]. Ammo u 2014-2015-yilgi mavsumning qolgan qismini „Borussiya“ farm klubida oʻtkazishiga toʻgʻri kelgan.
Bir yil oʻtgach, u asosiy jamoaga qaytarildi va 2015-yil 23-sentyabrda Daoud Bundesligadagi birinchi golini „Augsburg“ darvozasiga kiritgan.
2017-yilning 30-mart kuni futbolchi mavsum yakunida Dortmundning „Borussiya“ siga o‘tishni hohlagani rasman maʼlum bo‘ldi. Shartnoma 5 yilga imzolangan, transfer summasi, ayrim manbalarga koʻra, 10-12 million yevroni tashkil qilar edi.
Jamoadagi faoliyati
tahrirDaud 18 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoalariga chaqirilgan. 2015-yilda Germaniya terma jamoasida (U20) oʻynagan. 2016-yilning 24-martida u Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida debyut qilgan.
2019 -yozida Mahmud Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun terma jamoaga taklif qilingan. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Serbiyaga qarshi kechgan bahsda u 69-daqiqada gol urgan va jamoasi 6:1 hisobida g‘alaba qozongan.
2020-yil 7-oktyabrda Daoud Germaniya terma jamoasi safida Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan[3].
Shaxsiy hayoti
tahrirSaidning ukasi ham professional futbolchi boʻlgan.
Yutuqlari
tahrir- „Borussiya Dortmund“
- Germaniya kubogi sohibi: 2020-2021
- Germaniya Superkubogi sohibi: 2019-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Махмуд, зажигай. Как сирийский беженец стал открытием месяца в Германии“. 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-mart.
- ↑ „Боруссия Мёнхенгладбах vs. ФК Сараево– 28 августа 2014 – Soccerway“. soccerway.com. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-mart.
- ↑ „3:3! Last-Minute-Treffer verhindert Heimsieg“ (de) (2020-yil 7-oktyabr). 2021-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.