Mahmud Usmonovich Aminov (1908.4.6, Kogon tumani — 1992.8.6, Samarqand) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), tarix fanlari nomzodi (1947), dotsent (1953). Oʻzbekiston ped. akademiyasini tugatgan (1933). Samarqand Davlat Universitetida assistent, tarix fakulteti oʻqituvchisi va dekan oʻrinbosari (1937-41), Samarqand viloyati xalq taʼlimi ped. kabineti mudiri (1941-44), 12-bilim yurti direktori va Oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti oʻqituvchisi. Ped. institut direktor oʻrinbosari (1953-55). Samarqand Davlat Universitetining tarix fakulteti dekani (1944-53; 1956-74). Oʻzbekiston xalqlari tarixi kafedrasi mudiri (1967- 71), kafedra dotsenti (1974-92), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1977-78).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil