Mahmud Esamboyev
Mahmud Alisultonovich Esamboyev (1921.15.7, Checheniston 2000, Moskva) — balet artisti, estrada raqqosi. Xalq artisti (1974). Mehnat Qahramoni (1984). Grozniy xoreografiya bilim yurtida taʼlim olgan (1939—41). 1944—56 yillarda Qirgʻiz opera va balet teatrida, 1957-yildan jahon xalqlari raqslari ijrochisi. Taras (SolovyevSedoy, "Taras Bulba"), Kudake (Vlasov, Fere, "Anor") kabi partiyalarni va opera spektakllaridagi raqs sahnalarini ijro etgan. E. Sanʼati ehtiros va his-hayajonga toʻlaligi, kuchli texnikasi bilan ajralib turadi. "Choʻpon" (chechencha, oʻzbekcha), "Jangchi" (boshqirdcha), "Oltin tangrim" (hindcha), "Olov raqsi" (marosim raqsi) kabi raqslari bilan tanilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |