Maksim Romanovich Miroshkin (ruscha: Максим Романович Мирошкин; 1994-yil 22-mayda tugʻilgan) — juftlikda konkida uchish boʻyicha musobaqalada qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Lina Fyodorova bilan birga ikki karra oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalining chempioni, 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarining kumush medali sovrindori va 2013-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempioni boʻlgan.

Maksim Miroshkin
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Maksim Miroshkin
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi 22-may 1994-yil (1994-05-22) (29 yosh)
Yekaterinburg
Sherigi Lina Fyodorova
Murabbiyi Vladislav Jovnirskiy
Oldingi murabbiylari Andrey Hekalo
Jamoasi Vorobyevye Gori

Faoliyati tahrir

 
Fyodorova va Miroshkin murabbiy Vladislav Jovnirskiy bilan 2014 — 2015-yilgi musobaqada

Miroshkin 2009-yildan Lina Fyodorova bilan juftlikda konkida uchishni boshlagan[1].

Fyodorova / Miroshkin juftligi 2011—2012-yilgi mavsumda oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri turnirida debyut qilib, Avstriyada otkazilgan bosqichda 5-oʻrinni egallagan. Ular 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qishki Olimpiya oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritdilar[2].

Fyodorova / Miroshkin juftligi kelasi mavsumda Avstriya va Germaniyada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida kumush va oltin medalni qoʻlga kiritib, finalga yoʻllanma olgan. 2012-yilgi oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan Warsaw Cup turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgandan soʻng, Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan finalda ishtirok etishgan va u yerda ham oltin medal sohibiga aylanishgan. Fyodorova / Miroshkin oʻrtasidagi ozlarining ilk kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida 8-oʻrindan joy olgan. Ular 2013-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qisqa dasturda 7-oʻrindan joy olib, erkin dasturda birinchi oʻrinni egallagan va umumiy natija bilan bronza medalini qoʻlga kiritganlar.

Fyodorova / Miroshkin juftligi 2014—2015-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida Julianne Seguin / Charli Bilodea juftligiga yutqazib 2-oʻrinni egallagan. Keyingi musobaqada ular yana bir kumush medalni qoʻlga kiritib, Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtgan uchinchi finalga yoʻllanma olganlar. Finalda esa juftlik 165,78 ball toʻplagan holda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Keyin juftlik 2015-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Dasturlari tahrir

Mavsum Qisqa dastur
Erkin dastur
2014 — 2015

  • Feeling Good
    Michael Bublé
  • Korobushko
    Bond
2013 — 2014

2012 — 2013

  • Singinʼ in the Rain
    Nacio Herb Brown
  • Hernandoʻs Hideaway
    (The Pajama Game dan)
    Jerry Ross
2011 — 2012
  • Singinʼ in the Rain
    Nacio Herb Brown
  • Circus medley

Natijalari tahrir

CS: Challenger seriyasi (2014—2015-yilgi mavsumda boshlangan); JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Fyodorova bilan

Xalqaro
Musobaqa 2009 — 10 2010 — 11 2011 — 12 2012 — 13 2013 — 14 2014 — 15 2015 — 16
GP Cup of China WD
CS Ice Challenge 1ㅤ 1 1
CS Warsaw Cup 2ㅤ 1 2ㅤ 2ㅤ
Xalqaro: Oʻsmirlar
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Olimpiya chempionati

2ㅤ
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Jahon chempionati

3 3
JGP Final 1 3 2ㅤ
JGP Avstriya 5ㅤ 2ㅤ
JGP Czech Rep. 1 2ㅤ
JGP Germaniya 1 2ㅤ
JGP Slovakiya 2ㅤ
NRW Trophy 2ㅤ 1
Printemps 1
Milliy
Rossiya chempionati 8ㅤ 6ㅤ
Oʻsmirlar oʻrtasidagi

Rossiya chempionati

11ㅤ 1 4ㅤ 2ㅤ
WD-musobaqani tark etgan

Manbalar tahrir