Maksimilian Oseyevich Shteynberg [1883.22.6 (4.7), Vilnyus 1946.6.12, Leningrad] – kompozitor, professor (1915), sanʼatshunoslik fanlari doktori (1943). Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1934), Oʻzbekiston xalq artisti (1944). Peterburg konservatoriyasini tugatgach (1908), shu konservatoriyada pedagog, dekan (1917—31), direktor muovini (1934— 39), kompozitsiya kafedrasi mudiri (1939-yildan) boʻlib, M. Ashrafiy, V. Uspenskiy, Yevgeniy Brusilovskiy, D. Shostakovich va boshqalarga ustozlik qilgan. 1941 – 45 yillarda Toshkentda yashagan. Balet („Metamorfoza“, „Til Ulenshpigel“, „Saroymulkxonim“), poemaoratoriya („Osmon va Yer“), kantata („Suv parisi“ va boshqalar), simfoniya („Turksib“, 16 ta oʻzbek xalq va Hamza, K. Jabborov, S. Kalonov kuylarini ichiga olgan 5 „Simfoniyarapsodiya“ va boshqalar), uvertyura (jumladan, „Tohir va Zuhra“), romans, qoʻshiqlar, oʻzbekcha marsh va boshqalar muallifi. Uning turli xalqlar (mas, rus, oʻzbek, ozarbayjon, ispan, venger va boshqalar)ning ovoz va orkestr hamda turli cholgʻular uchun qayta ishlagan qoʻshiqlari maʼlum. Qator ilmiy (xususan, oʻzbek kuylaridan unumli foydalanishga oid) tadqiqot va maqolalar yozgan.

Manbalar tahrir