Makula degeneratsiyasi, shuningdek, yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasi (inglizcha: age-related macular degeneration (AMD; ARMD)) koʻrish maydonining markazida koʻrish oʻtkirligining pasayishi yoki butunlay yoʻqolishiga olib keladigan tibbiy holat.[1] Dastlabki bosqichlarda koʻpincha hech qanday simptomlar kuzatilmaydi, ammo, vaqt oʻtishi bilan bemor bir yoki ikkala koʻzida koʻrish oʻtkirligining pasayishiga shikoyat qila boshlaydi.[1] Toʻliq koʻrlikka olib kelmasada, markaziy koʻrishning yoʻqolishi yuzlarni tanib olish, mashina haydash, oʻqish yoki kundalik hayotning boshqa mashgʻulotlarini bajarishni qiyinlashtirishi mumkin.[1] Baʼzi holatlarda gallyutsinatsiyalar ham paydo boʻlishi mumkin, ammo bu holat ruhiy kasalliklarni anglatmaydi.[1]

Makula degeneratsiyasi
yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasi (koʻz tubini koʻrganda)
Belgilari koʻz tubi oʻrta qismida koʻrishning xiralashuvi
Mutaxassislik Oftalmologiya, optometriya
Turlari Erta, oʻrta, kechki
Sabablari Koʻproq kattalarda uchraydi
Xavf omillari Irsiy omil, tamaki chekish
Tashxis usullari Koʻrish oʻtkirligini tekshirish
Davolash Anti-VEGF terapiya, lazer koagulyatsiya, fotodinamik terapiya
Uchrash tezligi Dunyo aholisining 8,7%ida aniqlangan. 2020-yil

Sabablari

tahrir

Makula degeneratsiyasi odatda, keksa odamlarda uchraydi. Genetik omillar va chekish ham muhim ahamiyat kasb etadi va uchrash ehtimolligini oshiradi.[1] Tashxis bemor koʻzini toʻliq tekshirish orqali qoʻyiladi. Makula degeneratsiyasi ogʻirlik darajasiga koʻra erta, oʻrta va kechki turlarga boʻlinadi.[1] Kechki turi qoʻshimcha ravishda "quruq" va "hoʻl" turlarga boʻlinadi. Bu ikki tur orasida quruq shakl koʻp hollarda, 90% hollarda, uchraydi.[1][2]

Turlari

tahrir

AMD ning ikki asosiy turlari: quruq va hoʻl turlari mavjud boʻlib, bu ikki shakl oʻrtasidagi farq makulaning oʻzgarishida namoyon boʻladi. Quruq shakldagi AMD bilan shikastlangan bemor makulasida bir nechta kichik "drusen" (toʻr pardaning sariq depozitlari boʻlib, oqsil hamda yogʻlardan tashkil topadi) lar hosil boʻladi, bu asta-sekin toʻr pardada joylashgan retseptorlarning shikastlanishiga sababchi boʻladi hamda koʻrishning yoʻqolishiga olib keladi. Hoʻl shakldagi AMD bilan shikastlangan bemor makulasi ostida qon tomirlarning oʻsishi kuzatiladi, bu esa qon va suyuqlikning toʻr pardaga sizib chiqishiga sababchi boʻladi. Hosil boʻlgan ortiqcha "suyuqlik" miqdori retseptorlarni jarohatlagani sabab makulaning markazida koʻrishning yoʻqolishiga sababchi boʻladi.[3]

Diagnoz

tahrir
 
Makula degeneratsiyasi bilan kasallangan bemor koʻzining superaniqlikda ishlovchi mikraskopdagi tasviri

Yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasi tashxisi koʻrish qobilyatiga emas, balki makuladagi oʻzgarishlarga qarab qoʻyiladi.[4] Makula degeneratsiyasiga qanchalik erta tashxis qoʻyish koʻrishning yanada yomonlashuvini oldini oladi va kasallik rivojlanishini sekinlashtiradi. Erta bosqichdagi makula degeneratsiyasi tashxisi quyidagi diagnostik tekshiruvlarga (sinamalar yoki testlarga) asoslanib qoʻyiladi:

Koʻruv oʻtkirligini baholash

Koʻz tubini koʻrish

Elektroretinogramma

Optik tomografiya

Angiografiya

Qorongʻu moslashuv testi (qorongʻu adoptometriyasi)

Pelli Robson testi va boshqalar.

Xavf omillari

tahrir

Asosiy xavf omili yoshning kattaligi, chekish va oilaviy tarixda ushbu kasallikning mavjudligi hisoblanadi.[5] Keksa yoshda ayniqsa 50 yoshdan oshganda bu kasallik uchrash ehtimoli juda oshadi. Bundan tashqari quyidagi holatlar kasallikning uchrash ehtimolligini oshiradi:

Atrof-muhit va notʻgʻri turmush tarzi

Gipertenziya

Ateroskleroz[6]

Giperxolesterenemiya[7]

Ortiqcha vazn[8] vahokazo.

Patogenezi

tahrir

Yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasining patogenezi yaxshi oʻrganilmagan boʻlsada, baʼzi nazariyalar jumladan, oksidlovchi stress, mitoxondrial disfunksiya va yalligʻlanish nazariyalari ilgari surilgan.

Zararlangan hujayra mahsulotlarni ishlab chiqarish va parchalashi oʻrtasida nomutanosiblik yuzaga kelganligi sababli, zararli boʻlgan "mahsulotlar" toʻplanishi yuzaga keladi. Masalan hujayra ichidagi lipofutsin va hujayradan tashqaridagi druzen. Erta AMD ning dastlabki bosqichlarida retinal epiteliy yupqalashishi yoki depigmentatsiyalangan maydonlarning hosil boʻlishi kuzatiladi. AMD ning keyingi avj olgan bosqichlarida retinal epiteliy atrofiyasi va neovaskulyarizatsiya jarayonlari yuzaga kelishi hisobidan retinal retseptorlarning oʻlimi va markaziy koʻrishning yoʻqolishiga olib keladi.

Quruq (eksudativ boʻlmagan) shakldagi druzen deb ataladigan hujayra qoldiqlari toʻr parda va qon tomir parda oʻrtasida toʻplanib, atrofiya va toʻr pardada chandiqlanish jarayonlariga olib keladi. Ogʻirroq boʻlgan hoʻl (eksudativ) shaklda qon tomirlari toʻr parda orqasidagi tomirli pardadan oʻsib chiqa boshlaydi va ulardagi eksudat (qon) ning ketishi toʻr pardaning bosilib qolishiga sabab boʻlishi mumkin.

Oldini olish

tahrir

Makula degeneratsiyasini sport bilan shugʻullanish, yaxshi ovqatlanish, chekmaslik orqali oldini olish mumkin. Makula degeneratsiyasini butkul davolashni iloji boʻlmasada, hoʻl shaklini anti-VEGF dorilar, lazer koagulyatsiyasi yoki fotodinamik terapiya orqali sekinlashtirish imkoni mavjud. Antioksidant vitaminlar va minerallar profilaktika uchun foydali taʼsir koʻrsatmaydi.[9]

Tarqalishi

tahrir

Yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasi butun dunyo boʻylab mehnatga layoqatli aholi orasida markaziy koʻrlikning asosiy sababi hisoblanadi.[10] 2020-yil holatiga koʻra, makula degeneratsiyasi butun dunyo boʻylab 190 mlndan ortiq insonda aniqlangan va aholi orasida keksalar soni ortib borishi sababli 2040-yilga kelib 288 mln kishiga koʻtarilishi kutilmoqda.[11] Makula degeneratsiyasi erkaklar va ayollar orasida bir xilda tarqalgan boʻlib, Yevropa va Shimoliy Amerika mintaqalarida koʻproq uchraydi.[11] 2013-yil holatiga koʻra makula degeneratsiyasi katarakta, erta tugʻilish va glaukomadan keyin koʻrlikka olib keluvchi toʻrtinchi eng keng tarqalgan sabab edi.[12] Makula degeneratsiyasi koʻpincha ellikdan oshgan odamlarda uchraydi. Qoʻshma shtatlarda ushbu yosh guruhida koʻrish qobilyatini yoʻqotishning eng keng tarqalgan sababi hisoblanadi. 50 dan 60 yoshgacha boʻlgan odamlarning taxminan 0,4%i da kasallik mavjud boʻlsa, 60 dan 70 yoshgacha boʻlgan odamlar oʻrtasida 0,7% ni tashkil qiladi. 70 dan 80 yoshgacha boʻlganlar orasida bu koʻrsatkich 2,3% ni tashkil qilsa 80 dan oshganlarda qariyb 12% da uchraydi.[2]

Simptomlari

tahrir
 
Normal koʻrish
 
Yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasida koʻrish[13]

Erta va oʻrta makula degeneratsiyasi asimptomatik boʻlishi mumkin. Baʼzan bir yoki ikkala koʻzda loyqa yoki koʻrishning pasayishi bilan namoyon boʻladi. Bu dastlab oʻqish, mashina haydashda qiyinchiliklar paydo boʻlishi kabi oʻzgarishlar bilan namoyon boʻla boshlaydi. AMD ning boshqa belgilari orasida koʻrishning buzilishi va koʻr dogʻlar (markaziy koʻrish sohasida va uning atrofida) mavjud.[2]

Makula degeneratsiyasining boshqa belgilariga quyidagilar kiradi:

Metamorfopsiya tipidagi koʻrish (kvadrat chiziqlarining toʻlqinsimon koʻrinishi)

Xira (loyqa koʻrish)

Viziula gallyutsinatsiya

Kontrast sezgilarning yoʻqolishi

Makula degeneratsiyasi butunlay koʻrlikka olib kelmaydi, deyarli barcha hollarda periferik koʻrishning bir qismi saqlanib qoladi. Makula degeneratsiyasi bilan kasallanganlarning juda ozchiligi koʻrish qobilyatini butunlay yoʻqotishi mumkin.[1] Makula retinal maydonning atigi 2,1% qismini tashkil qiladi, qolgan 97,9% maydon periferik maydon hisoblanadi va ushbu makula degeneratsiyasida periferik maydon taʼsirlanmaydi. Eʼtiborlisi makula koʻrish maydonining juda kichik qismini tashkil qilsa ham, viziula maʼlumotlarning deyarli yarmi ushbu qismda qayta ishlanadi.

Quruq makula degeneratsiyasi kuzatilgan bemorlarda koʻp hollarda hech qanday alomatlar kuzatilmasa(sekinlik bilan rivojlanuvchi xiralashuv boʻladi), hoʻl makula degeneratsiyasi kuzatilgan bemorlarda koʻrish belgilari buzilishi oʻtkir tarzda boshlanadi.[14][15]

Epidemiologiyasi

tahrir
 
2004-yilda 100 000 aholiga toʻgʻri keladigan makula degeneratsiyasi (va boshqa koʻrish aʼolari) sababli nogironlik yuzaga kelishi[16]
  aniqlanmagan
  100 dan kam
  100–114
  114–128
  128–142
  142–156
  156–170
  170–184
  184–198
  198–212
  212–226
  226–240
  240 dan ortiq

Yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasining tarqalishi yevropaliklarda osiyo va afrikaliklarga qaraganda koʻproq uchraydi.[17] Osiyolik va afrikaliklar orasida makula degeneratsiyasining uchrashida deyarli farq kuzatilmaydi.[18] Oʻz nomiga monand makula degeneratsiyasi va uning asoratlari yoshga bogʻliq holda ortib boradi, 55 yoshdan kichiklarda bu kasallik kam uchraydi.[19] Tashqi zararli omillardan tamaki chekish esa degeneratsiyaning uchrash ehtimolligini keskin oshiradi.[20] 2008-yil holatiga koʻra AQSHdagi oq tanlilar orasida koʻrish qobilyati buzilishlarining 54%dan ortiqrogʻini tashkil qildi.[21] Hozirgi kunda taxminan 8mln amerikalik aholi yoshga bogʻliq makula degeneratsiyasidan aziyat chekmoqda.

Oldini olish

tahrir

2017-yildagi tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, vitamin va mineral moddalar kombinatsiyasi makula degeneratsiyasiga taʼsir qilmagan.[9] Shu sababli kasallikni oldini olish sifatida tamaki mahsulotlarini chekmaslik, sogʻlom ovqatlanish, baliq mahsulotlarini ovqat ratsioniga qoʻshish, ortiqcha vazndan saqlanish kabilar koʻrsatiladi.[22]

Davolash

tahrir

Makula degeneratsiyasini davolash kasallikning turiga qarab turlicha yoʻnalishda olib boriladi.[23] Umuman olganda kasallikni butunlay davolashni iloji boʻlmagani holda kasallikning rivojlanishini sekinlashtirish mumkin boʻladi. 2018-yil holatiga koʻra kasallikni bartaraf etishning hech qanday usullari mavjud emas.[23] Erta va oʻrta AMD larning davosi chekishni tashlash, gipertenziyani va aterosklerozni davolash hamda parhez rejimiga oʻtish bilan olib boriladi. Oʻrta bosqichli AMD ni davolash antioksidant va mineral qoʻshimchalarni ham oʻz ichiga oladi.[23] Quruq AMD uchun samarali davolash usullari mavjud boʻlmagani holda, hoʻl AMD da mavjud boʻlgan toʻrsimon parda neovaskulyarizatsiyasi qon tomir endotelial oʻsish omilining ingibitori bilan boshqariladi.[23][24]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 "Facts About Age-Related Macular Degeneration". National Eye Institute. June 2015. Archived from the original on 22 December 2015. Retrieved 21 December 2015
  2. 2,0 2,1 2,2 Mehta S (September 2015). "Age-Related Macular Degeneration". Primary Care. 42 (3): 377–91. doi:10.1016/j.pop.2015.05.009. PMID 26319344.
  3. "Age-Related Macular Degeneration". WebMD. Retrieved 2022-03-15.
  4. National Guideline Alliance (UK) (2018). Age-related macular degeneration: diagnosis and management. National Institute for Health and Care Excellence: Clinical Guidelines. London: National Institute for Health and Care Excellence (UK). ISBN 978-1473127876. PMID 29400919.
  5. Tzoumas, Nikolaos; Hallam, Dean; Harris, Claire L.; Lako, Majlinda; Kavanagh, David; Steel, David H.W. (November 2020). "Revisiting the role of factor H in age-related macular degeneration: Insights from complement-mediated renal disease and rare genetic variants". Survey of Ophthalmology. 66 (2): 378–401. doi:10.1016/j.survophthal.2020.10.008. ISSN 0039-6257. PMID 33157112. S2CID 226274874
  6. García-Layana A, Cabrera-López F, García-Arumí J, Arias-Barquet L, Ruiz-Moreno JM (October 2017). "Early and intermediate age-related macular degeneration: update and clinical review". Clinical Interventions in Aging. 12: 1579–87. doi:10.2147/cia.s142685. PMC 5633280. PMID 29042759.
  7. Dasari B, Prasanthi JR, Marwarha G, Singh BB, Ghribi O (August 2011). "Cholesterol-enriched diet causes age-related macular degeneration-like pathology in rabbit retina". BMC Ophthalmology. 11: 22. doi:10.1186/1471-2415-11-22. PMC 3170645. PMID 21851605.
  8. Adams MK, Simpson JA, Aung KZ, Makeyeva GA, Giles GG, English DR, Hopper J, Guymer RH, Baird PN, Robman LD (June 2011). "Abdominal obesity and age-related macular degeneration". American Journal of Epidemiology. 173 (11): 1246–55. doi:10.1093/aje/kwr005. PMID 21422060.
  9. 9,0 9,1 Evans JR, Lawrenson JG (July 2017). "Antioxidant vitamin and mineral supplements for preventing age-related macular degeneration". The Cochrane Database of Systematic Reviews. 2017 (7): CD000253. doi:10.1002/14651858.CD000253.pub4. PMC 6483250. PMID 28756617
  10. Ramin, Shahrokh; Soheilian, Masoud; Habibi, Gholamreza; Ghazavi, Roghayeh; Gharebaghi, Reza; Heidary, Fatemeh (2015). "Age-Related Macular Degeneration: A Scientometric Analysis". Medical Hypothesis, Discovery & Innovation in Ophthalmology. 4 (2): 39–49. ISSN 2322-4436. PMC 4458325. PMID 26060829.
  11. 11,0 11,1 Apte, Rajendra S. (5 August 2021). "Age-Related Macular Degeneration". New England Journal of Medicine. 385 (6): 539–547. doi:10.1056/NEJMcp2102061. PMID 34347954. S2CID 236926930.
  12. Vos, Theo; Barber, Ryan M.; Bell, Brad; Bertozzi-Villa, Amelia; Biryukov, Stan; Bolliger, Ian; Charlson, Fiona; Davis, Adrian; Degenhardt, Louisa; Dicker, Daniel; Duan, Leilei; Erskine, Holly; Feigin, Valery L.; Ferrari, Alize J.; Fitzmaurice, Christina; Fleming, Thomas; Graetz, Nicholas; Guinovart, Caterina; Haagsma, Juanita; Hansen, Gillian M.; Hanson, Sarah Wulf; Heuton, Kyle R.; Higashi, Hideki; Kassebaum, Nicholas; Kyu, Hmwe; Laurie, Evan; Liang, Xiofeng; Lofgren, Katherine; Lozano, Rafael; et al. (August 2015). "Global, regional, and national incidence, prevalence, and years lived with disability for 301 acute and chronic diseases and injuries in 188 countries, 1990–2013: a systematic analysis for the Global Burden of Disease Study 2013". The Lancet. 386 (9995): 743–800. doi:10.1016/s0140-6736(15)60692-4. PMC 4561509. PMID 26063472.
  13. „Age-related Macular Degeneration“ (22-oktabr 2013-yil). 2013-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-noyabr 2018-yil.
  14. Cunningham J (March 2017). "Recognizing age-related macular degeneration in primary care". JAAPA. 30 (3): 18–22. doi:10.1097/01.jaa.0000512227.85313.05. PMID 28151737. S2CID 205396269.
  15. Lim LS, Mitchell P, Seddon JM, Holz FG, Wong TY (May 2012). "Age-related macular degeneration". The Lancet. 379 (9827): 1728–38. doi:10.1016/S0140-6736(12)60282-7. PMID 22559899. S2CID 25049931.
  16. „WHO Disease and injury country estimates“. World Health Organization (2009). 2009-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-nov 2009-yil.
  17. Wong WL, Su X, Li X, Cheung CM, Klein R, Cheng CY, Wong TY (February 2014). "Global prevalence of age-related macular degeneration and disease burden projection for 2020 and 2040: a systematic review and meta-analysis". The Lancet. Global Health. 2 (2): e106–16. doi:10.1016/S2214-109X(13)70145-1. PMID 25104651.
  18. Wong WL, Su X, Li X, Cheung CM, Klein R, Cheng CY, Wong TY (February 2014). "Global prevalence of age-related macular degeneration and disease burden projection for 2020 and 2040: a systematic review and meta-analysis". The Lancet. Global Health. 2 (2): e106–16. doi:10.1016/S2214-109X(13)70145-1. PMID 25104651.
  19. "Age-related macular degeneration - Symptoms, diagnosis and treatment". BMJ Best Practice. Retrieved 2018-11-13.
  20. Velilla S, García-Medina JJ, García-Layana A, Dolz-Marco R, Pons-Vázquez S, Pinazo-Durán MD, Gómez-Ulla F, Arévalo JF, Díaz-Llopis M, Gallego-Pinazo R (2013). "Smoking and age-related macular degeneration: review and update". Journal of Ophthalmology. 2013: 895147. doi:10.1155/2013/895147. PMC 3866712. PMID 24368940
  21. Coleman, Hanna R; Chan, Chi-Chao; Ferris, Frederick L; Chew, Emily Y (November 2008). "Age-related macular degeneration". The Lancet. 372 (9652): 1835–45. doi:10.1016/S0140-6736(08)61759-6. ISSN 0140-6736. PMC 2603424. PMID 19027484.
  22. "Dry macular degeneration - Symptoms and causes". Mayo Clinic. Retrieved 2022-03-15.
  23. 23,0 23,1 23,2 23,3 Bishop P. Age-related macular degeneration. BMJ Best Practice. 2018.
  24. Sarwar S, Clearfield E, Soliman MK, Sadiq MA, Baldwin AJ, Hanout M, Agarwal A, Sepah YJ, Do DV, Nguyen QD (February 2016). "Aflibercept for neovascular age-related macular degeneration". The Cochrane Database of Systematic Reviews. 2016 (2): CD011346. doi:10.1002/14651858.cd011346.pub2. PMC 5030844. PMID 26857947.