Malbagar Mendiqulov
Malbagar Mendiqulovich Mendiqulov (1909-yil 10-noyabr Orenburg okrugi, Karabutak qishlogʻi – 1986-yil 17-avgust, Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR) – Qozogʻiston SSRda xizmat koʻrsatgan meʼmor, SSSR Qurilish va arxitektura akademiyasining muxbir aʼzosi, qozoq arxitektura fanining asoschisi, arxitektura fanlari nomzodi, professor, Qozogʻiston politexnika instituti arxitektura fakulteti arxitektura tarixi va nazariyasi kafedrasi mudiri.
Malbagar Mendiqulovich Mendiqulov | |
---|---|
Tavalludi |
10-noyabr 1909-yil Orenburg okrugi, Karabutak qishlogʻi |
Vafoti |
17-avgust 1986-yil (76 yoshda) Olmaota, Qozogʻiston SSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi → SSSR |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrir1909-yil 10-noyabrda Orenburg viloyati, Orenburg tumani, Karabutak qishlogʻida (hozirgi Orenburg viloyati, Adamovskiy tumani) tugʻilgan[1].
1936-yilda O‘rta Osiyo sanoat institutini imtiyozli diplom bilan tamomlab, fuqarolik bino va inshootlarini loyihalash bo‘yicha me’morlik malakasi va kasbini egalladi. Institutni tugatgandan so'ng arxitektura fani o‘qituvchisi lavozimiga taklif qilindi. 1937-yildan „Oʻzlegsanoat“ va „Toshgorloyiekt“ loyiha institutlarida ishladi. Ushbu institutlarda ketma-ket arxitektor, katta arxitektor, guruh rahbari lavozimlarida ishladi. „Toshgorloyiha“da Oʻzbekiston poytaxti markazi, xususan, Navoiy shoh koʻchasi va Alisher Navoiy nomidagi teatr loyihasi ustida ishlagan. Uning oʻsha davrdagi eng mashhur ishlaridan bir Toshkent kanalining Angren qismi loyihasi boʻlgan[2].
1941-yilda unga Toshkent shahri bosh arxitektori mas’ul lavozimi ishonib topshirildi. U shu bilan birga Oʻzbekiston arxitektorlar uyushmasi boshqaruvi raisi hisoblangan.
Ikkinchi jahon urushigacha Toshkent shahrining bosh meʼmori boʻlib ishlagan va oʻz xohishi bilan frontga ketgan. 1945-yil 9-mayda mayor darajasiga koʻtaripgan. 1945-yil sentabrda demobilizatsiya qilindi. U Oʻzbekistonga qaytib, „Oʻzplanproyekt“ respublika loyiha tashkilotiga rahbarlik qildi.
Uning rahnamoligida Toshkent shahrida bir qator mashhur inshootlar loyihalashtirilib, barpo etildi.
1947-yilda Qozogʻiston hukumati meʼmor M.Mendiqulovni Olmaotaga taklif qildi, oʻsha paytdan to vafotigacha Qozogʻistonda ishladi.
U 1986-yil 17-avgustda Olmaotada vafot etdi va shaharning Kensay qabristoniga dafn qilindi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Бессмертный полк. Новый Уренгой. Мендикулов Малбагар“. www.moypolk.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Мендикулов малбагар мендикулович“. www.inform.kz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Звездный некрополь“. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-dekabr.