Mali milliy madhiyasi
"Le Mali" (inglizcha: „The Mali“ tarjima: Mali) — Mali davlatining milliy madhiyasi hisoblanadi. Madhiya 1962-yilda qabul qilingan boʻlib, soʻzlari Seydou Badian Kouyaté tomonidan yozilgan, musiqa esa Banzumana Sissokoga tegishli. U xalq orasida „Pour l’Afrique et pour toi, Mali“ (inglizcha: „For Africa and for you, Mali“) yoki „À ton appel Mali“ (inglizcha: „At your call, Mali“) nomi bilan mashhur[1].
Mali davlat madhiyasi | |
Soʻz muallif(lar)i | Seydou Badian Kouyaté |
---|---|
Bastakor | Banzumana Sissoko |
Qabul qilindi | 1962-yil 9-avgust |
Tarix
tahrirMadhiya Seydou Badian Kouyaté tomonidan 1960-yilda Senegal bilan Mali federatsiyasi tarqatib yuborilgan paytda yozilgan. Shu davrda federatsiya tugatilganidan soʻng Mali federatsiya ramzlaridan foydalanganligi sababli milliy ramzlarsiz qoldi. 2010-yilda bergan intervyusida Seydou Badian Kouyaté Prezident Modibo Keyta Kouyaté bilan madhiya borasida mulohaza yuritagnini aytdi. Shuningdek intervyusi davomida yoshlarga Mali mustaqilligidan oldingi siyosatchi Mamadu Konateni eslashiga yordam berish uchun qoʻshiq yaratishni soʻradi. Seydou Badian Kouyaté „Ô jeunesse, c’est le jour de l’Afrique, belle espoir“ deb nomlangan qoʻshiq yaratdi. Keyin prezident Keyta Kouyatéga qoʻngʻiroq qildi va unga milliy madhiya uchun sheʼr yaratishga harakat qilishni aytdi. Kouyate milliy madhiya uchun qoralama tayyorladi va uni prezident Keytaga taqdim etdi. Seydou Badian Kouyaténing taʼkidlashicha, Keyta ilgari Mali poytaxti Bamakoda yashovchi yevropalik pianinochiga milliy madhiya uchun musiqa yaratish taklifini yuborgan, ammo u buni rad etgan. Bunga bir qancha sabablarni keltirib oʻtgan[2]. Keyinchalik, Seydou Badian Kouyaté XIII asr Mali imperiyasiga oid milliy musiqani qayta ishladi va Banzumana Sissoko bilan birga madhiyani musiqaga soldi.
Madhiya mamalakat mustaqillikka erishganidan bir yil oʻtib, 1962-yil 9-avgustdagi 305-62-72-sonli qonun bilan rasman qabul qilingan. 1960-yillardagi Malilik yosh kashshoflar harakati uni mitinglari uchun Bambara tiliga „Afiriki ye ani e ye, Mali“ deb tarjima qilgan[3]. Tarjima Abdulay Bariyga tegishli hisoblanadi. Anʼanaga koʻra, Mali Qurolli Kuchlarining Garde Républicaine guruhi tomonidan davlat marosimlarida ijro etiladi.
Matn
tahrirFransuz tilida[3][4][5][6] | Bambara tilida[7] | Inglizcha tarjima |
---|---|---|
I |
I |
I |
Manbalar
tahrir- ↑ Central Intelligence Agency. The CIA World Factbook 2016. Skyhorse Publishing Company, Incorporated, 24 November 2015 — 3144-bet. ISBN 9781510700895.
- ↑ „Seydou Badian Kouyaté : «Pour notre développement, ne comptons pas sur l'Europe, mais sur la Chine.»“ (fr). RFI (2010-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 „L'Hymne national“ (fr-FR). Présidence de la République du Mali. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.
- ↑ Doumbia, Mamadou; Sy, Mamadou; tourisme, Office malien du. Le guide du Mali (fr). Office malien de tourisme, 1969 — 18-bet.
- ↑ Tableau de bord du système éducatif du Mali (fr). Ministère de l'éducation de base, Cellule de planification et de statistique, 1999.
- ↑ Blauer, Ettagale; Lauré, Jason. Cultures of the World Mali (en). Marshall Cavendish, 2008 — 40-bet. ISBN 978-0-7614-2568-7.
- ↑ „MALI“ (fr). Conseil Supérieur de la diaspora malienne en Allemagne. Qaraldi: 2022-yil 5-fevral.