Malik Abdurazzoqov
Malik Abdurazzoqovich Abdurazzoqov (1919-yil avgust — 1973-yil 15-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston sovet partiya yetakchisi, Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi (1961—1970).
Malik Abdurazzoqov | |
---|---|
OʻzSSR Ta'minot vaziri | |
Mansab davri 1970-yil yanvar – 1973-yil 13-iyun | |
Oʻzbekiston LKSM MQ birinchi kotibi | |
Mansab davri 1951-yil yanvar – 1952-yil dekabr | |
Vorisi | Qayum Murtazoyev |
Oʻzbekiston KP Toshkent shahar qoʻmitasi birinchi kotibi | |
Mansab davri 1952 – 1955 | |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | Siroj Nuriddinov |
Oʻzbekiston KP Toshkent viloyati qoʻmitasi birinchi kotibi | |
Mansab davri 1964-yil dekabr – 1970-yil yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Uning oʻzi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotib sifatida saqlanib qoldi; Pyotr Kaymakov Oʻzbekiston KP viloyat qoʻmitasi sanoat boʻyicha birinchi kotib sifatida |
Vorisi | Mirzamahmud Musaxonov |
Oʻzbekiston KP Toshkent viloyati qoʻmitasi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotibi | |
Mansab davri 1963-yil yanvar – 1964-yil dekabr | |
Oʻtmishdoshi | Uning oʻzi Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi sifatida |
Vorisi | Uning oʻzi Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi sifatida |
Oʻzbekiston KP Toshkent viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi | |
Mansab davri 1961-yil fevral – 1963-yil yanvar | |
Oʻtmishdoshi | Rasul Gʻulomov |
Vorisi | Uning oʻzi qishloq xoʻjaligi boʻyicha birinchi kotib sifatida saqlanib qoldi; Pyotr Kaymakov Oʻzbekiston KP viloyat qoʻmitasi sanoat boʻyicha birinchi kotib sifatida |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1919 Namangan, Oʻzbekiston |
Vafoti |
1973-yil 15-iyun Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | KPSS (1940—1973 |
Taʼlim |
Namangan pedagogika oʻquv yurti VKP (b) MQ qoshidagi Oliy partiya maktabi |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1919-yil avgustda ishchi oilasida tugʻilgan. Millati - oʻzbek. 1938-yilda Namangan pedagogika texnikumini tamomlagan.
1933—1940-yillarda Oʻzbekiston SSR xalq ta’limi tizimida oʻqituvchi, maktab direktori, Namangan shahar maorif boʻlimi inspektori lavozimlarida ishlagan.
1940-yildan KPSS (b) aʼzosi. Xuddi shu yildan komsomol va partiya ishida faoliyat boshlagan.
1944—1948-yillarda Oʻzbekiston Komsomoli MK kotibi, ikkinchi kotibi, 1948—1951-yillarda Oʻzbekiston KP (b) Qashqadaryo viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi boʻlib ishlagan.
1948-yilda Bolsheviklar Butunittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti huzuridagi Oliy partiya maktabini sirtdan tamomlagan.
1951-yil yanvarda Oʻzbekiston komsomoli Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi etib tayinlandi.
1952-yil dekabrdan 1955-yil aprelgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, soʻngra 1961-yilgacha Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi.
1961-yil fevraldan 1963-yil yanvargacha Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi.
N. S. Xrushchev tashabbusi bilan partiya va xoʻjalik apparatini qayta tashkil etish jarayonida 1963-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent qishloq okrug qoʻmitasining birinchi kotibi (1964-yil dekabrigacha) etib tayinlandi.
1964-yil dekabridan 1970-yil yanvarigacha yana Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi lavozimida ishladi.
1970-yil yanvaridan to vafotigacha Oʻzbekiston SSR ta’minot vaziri boʻlgan.
1961—1971-yillarda KPSS Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod.
SSSR Oliy Kengashining 4, 5, 6, 7-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
Mukofotlar
tahrir- Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1957-yil 11-yanvar; 1969-yil 4-avgust)