Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Arab filologiyasi kafedrasi dotsenti, arabshunos tilshunos olima.

1967 yilda Toshkent shahrida tugʻildi.

1985-1990 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq fakultetining arab boʻlimida oʻqib, imtiyozli diplom bilan tugatdi.

1991 yildan arab filologiyasi kafedrasida oʻqituvchi lavozimida ishlay boshladi.

1990 yilda Suriya arab raspublikasiga, 2006 yili Misr Arab Respublikasiga malaka oshirishga bordi.

2003 yilda "MAHMUD AZ-ZAMAXSHARIYning „Al-Unmuzaj fi-n-nahv“ risolasi – arab tili grammatikasiga oid asar" mavzuida nomzodlik dissertat­siyasini himoya qildi.

M.Nosirova „Oʻrta asr arab nahvidan namunalar“ (2004) oʻquv-uslubiy qoʻlanmasi, "Mahmud az-Zamaxshariyning „Al-Unmuzaj fi-n- nahv“ risolasi" (2005), „Yazikovaya situatsiya v arabskix stranax (kones XX veka)“ (2010) oʻquv qoʻllanmasi, 1 monografiya va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan.

Hozirgi kunda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti doktoranturasida „Oʻrta asrlar Movarounnahr arab tilshunosligi maktabi: shakllanishi va yuksalishi“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida izlanish olib bormoqda.

[1]

  1. Arab filologiyasiga kirish. Toshkent: TDShI kichik bosmaxonasi, 2010 — 122-bet. Qaraldi: 9-dekabr 2022-yil.