„Malika va qurbaqa“ (original multipikatsiya saundtreki) 2009-yilda Walt Disney tomonidan suratga olingan „Malika va qurbaqa“ animatsion filmining saundtreki hisoblanadi. U Walt Disney Records tomonidan 2009-yil 23-noyabrda, New-York va Los-Anjelesda multfilm namoyish etilishidan bir kun oldin chiqarildi. Musiqiy albomda oʻnta original qoʻshiq va yettita lavha mavjud boʻlib, ulardan biri bundan mustasno edi, qoʻshiqlar multfilmning ijrochi prodyuseri Jon Lasseter bilan PixarningOʻyinchoqlar tarixi“, "Bugʻs life", "Oʻyinchoqlar tarixi-2 ",Mahluqlar jamiyati va Tachki multfilmlarida ishlagan bastakor Randy Newman tomonidan yozilgan, aranjirovka qilingan[1]. „Never Knew Men Needed“ asari Ne-Yo tomonidan yozilgan va ijro etilgan. Qoʻshiqda Disney kanalida koʻp bora namoyish etilgan musiqiy video ham mavjud. Qoʻshiq 2009-yil 27-oktyabrda ritmik radioda jarang sochishi uchun yuborilgan[2]. Qoʻshiqlar turli xil sanʼatkorlar tomonidan ijro etildi, ularning aksariyati filmdagi qahramonlarga oʻz ovozlarini berdi. Skorda afro-amerikaliklar taʼsirida yaratilgan jazz, zydeco, blues va gospel kabi uslublardagi qoʻshiqlar mavjud[3].

Malika va qurbaqa
Various Artists saundtreki
Chiqarilgan sanasi 23-noyabr, 2009-yil
Yozib olingan sanasi 2009-yil
Leybl Walt Disney
Various Artists xronologiyasi
Bolt (original multfilm saundtreki)
(2008-yil)
Malika va qurbaqa
(2009-yil)
Tangled (original multfilm saundtreki)
(2010-yil)
Malika va qurbaqa shahzoda multfilm logosi

„Almost There“ va „Down in New Orleans“ qoʻshiqlari 82-Oscar mukofotining „Eng yaxshi original qoʻshiq“ nominatsiyasiga nomzod boʻlishdi; yakunda esa „The Weary Kind“ qoʻshigʻi Oscar mukofotiga sazovor boʻldi. „Down in New Orleans“ 2011-yili „Kino, televidenie va boshqa vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan[4].[[


Grafikalar tahrir

Grafik Yuqori natija
pozitsiya
AQSh Billboard 200[5] 80

Baholanilishi tahrir

Andoza:Album ratings 2010-yilda Rhapsody uni Disney va Pixarning eng yaxshi saundtreklaridan biri deya baholadi.

Manbalar tahrir

  1. „Disney's The Princess and the Frog soundtrack“. Starpulse. 5-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-dekabr 2009-yil.
  2. „FMQB“. 7-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-sentabr 2022-yil.
  3. „The Princess and the Frog Soundtrack“. 2009-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-dekabr 2009-yil.
  4. Morris, Christopher. „53rd Annual Grammy nominees“. Variety (1-dekabr 2010-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2010-yil.
  5. [[[:Andoza:BillboardURLbyName]] „The Princess and the Frog [Original Songs and Score] — Randy Newman“]. Billboard. Qaraldi: 6-mart 2012-yil.

Havolalar tahrir