Mamadali Hotamov
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Hotamov Mamadali — o‘sha ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan, 1889-yili tug‘ilgan, Baliqchi rayoni Baliqchi qishlog‘idan, o‘zbek, boy, yirik yer egasining o‘g‘li, 1935-yilga qadar chayqovchilik qilgan, ruhoniy Matmurodov xorijga chiqib ketgunga qadar unda so‘fi bo‘lgan, 1936-yildan “Oxunboboyev” kolxozi a’zosi. Baliqchidagi aksilinqilobiy guruhning a’zosi sifatida o‘z uyini aksilinqilobiy guruhga bo‘shatib bergan, undagi yig‘ilishlarda sovet hokimiyati bilan kurash olib borish uchun qurollangan isyonkorlar tayyorlash masalasi muhokamasida qatnashganlikda, muhojir, ruhoniy Matmurodov bilan aloqa qilganlikda, 1936-yili aksil- inqilobiy faoliyati uchun qamoqqa olingani va qamoqsan qochib ketganlikda, ikkinchi marta 1937-yili boshqa rayon hududida qo‘lga olinganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 86-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.