Mambeev Saduakas
Mambeev Saduakas (1898-yil, Sirdaryo viloyati, Rossiya imperiyasi – 1958-yil Krasnoyarsk oʻlkasi, SSSR) – 1-darajali harbiy huquqshunos, 1925-1927-yillarda Qozogʻiston SSR adliya komissari va prokurori[1].
Mambeev Saduakas | |
---|---|
qozoqcha: Сәдуақас Мәмбеев | |
Tavalludi |
1898-yil |
Vafoti |
1968-yil Krasnoyarsk oʻlkasi, Rossiya |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR |
Unvoni | 1-darajali huqushunos |
Biografiyasi
tahrirMambeev Saduakas 1898-yil Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. U 1914-yil rus-qozoq oʻrta taʼlim maktabini bitirib, 1918-yilda Toshkentda bir yil malakasini oshirdi. 1920-yil Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasiga aʼzo boʻldi. Bundan soʻng, u Turkiston xalq komissarligi siyosiy komissari etib tayinlandi. Xuddi shu yili, Ishchi-dehqonlar Qizil Armiyasi safiga chaqirildi hamda Turkiston harbiy komissari sifatida ish boshladi. Mambeev Saduakas 1922-yilda Toshkent okrugi prokurori yordamchisi lavozimiga tayinlandi. 1923-yili u Moskva shahrida prokurorlik boʻyicha malakasini oshirdi. Moskvadan qaytganidan soʻng, Saduakas Mambeev Jetisuv viloyati prokurori etib tayinlandi. 1925-yil Qozogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi qayta tashkil qilingach, Saduakas Mambeev Qozogʻiston SSR adliya komissari etib tayinlandi. U 1931-yil Qozogʻiston SSR chegara qoʻshinlari harbiy komissari sifatida ishladi. 1935-yildan 1938-yil 4-fevralgacha Oʻrta Osiyo prokurorlar birlashmasining Qozogʻistondagi rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Mambeev Saduakas 1938-yil fevral oyida Qozogʻiston SSR ichki ishlar komiteti tomonidan hibsga olingan. SSSR Oliy sudining hukmi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum etiladi. 1949-yilda jazo muddatini oʻtab chiqqan Mambeev Saduakas, Sibirga surgun qilingan[2]. SSSR Oliy harbiy sudining 1955-yil 29-oktyabrdagi qarori bilan Saduakas Mambeev oqlangan. Unga berilgan jazo bekor qilindi.
Saduakas Mambeev 1958-yilda SSSRdagi Krosnoyarsk oʻlkasida vafot etadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Мамбеев Садувакас Согиндыкович“. Qaraldi: 13-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Трагические уроки истории | Nomad | 15.06.2010“. 2013-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-fevral.