Mannon Azizov
Mannon Azizovich Azizov (1913.1.5 – Toshkent – 1987.17.10) – kimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ixtirochi (1961). Kimyo fanlari doktori (1968), professor (1960). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1937). Toshkent farmatsevtika institutida assistent (1937 –44), kafedra mudiri (1944-57), rektor (195770), laboratoriya rahbari (1970–78). Asosiy ilmiy ishlari bioaktiv koordinatsion birikmalar kimyosiga oid. A. rahbarligida mikroelementlarning turli bioaktiv moddalar bilan birgalikdagi 500 ga yaqin kompleks birikmasi sin-tez qilingan. Koamid, feramid, kobalt 30 va kupir preparatlari tib-biyot amaliyotiga joriy etilgan. Toshkent farmatsevtika institutida Mannon Azizov nomidagi stipendiya taʼsis etilgan.[1]
Manbalar
tahrir- O kompleksnmx soyedineniyax biologi-cheski aktivnmx veshestv s mikroelementami, T., 1958; O kompleksnmx soyedineniyax nekoto-rnx mikroelementov s bioaktivnmmi veshe-stvami, T., 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |