Manzarali film
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Manzarali film – hujjatli film turi. U tabiat xususiyatlarini koʻrsatishga qaratilgan boʻladi. „Geografik film“ deb ham ataladi. Bunday filmlar yer yuzi va uning tabiiy sharoitlari, oʻsimliklari va hayvonot dunyosi bilan tanishtiradi. Odatda, qisqa metrajli qilib yaratiladi va kadr ortidan beriladigan izoh soʻzi juda kam boʻladi yoki umuman boʻlmaydi.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.