Maqsud Sulaymon
Maqsud Sulaymon (qrim tatarcha: Maqsud Suleyman; 1909, Tavriya guberniyasi, — 1953, Andijon) — qrim-tatar yozuvchisi. Ikkinchi jahon urushida artilleriya ekipajiga qoʻmondonlik qildi.
Maqsud Sulaymon | |
---|---|
Tavalludi |
1909 |
Vafoti |
1953 Andijon |
Kasbi | yozuvchi, shoir |
Ijod qilgan tillari | tatar tili |
Fuqaroligi | Sovet Ittifoqi |
Biografiya
tahrirMaqsud Sulaymon adabiyotga 30-yillarning boshida kirgan qrim-tatar shoirlaridan biridir. U 1908-yilda Larindorf tumanidagi Begen qishlog‘ida tug‘ilgan[1].
Simferopol toʻqqiz yillik namunali maktabda oʻqigan. Qrim pedagogika institutini tugatgan (1938). Talabalik yillarida she’r yoza boshlagan. Institutni tugatgach, “Яш ленинджилер” (“Yosh leninchilar”) va “Совет эдебияты” jurnallarida mas’ul kotib bo‘lib ishlagan[1].
1934-yilda uning “Насибе” she’ri nashr etilgan. 1934-yilda “Sivash xotiralari” nomli ilk she’riy to‘plamini nashr ettirdi. 1937-yilda uning "Sivash" va "Subbotniklar" sheʼrlari "Qrim shoirlari" to'plami uchun Arseniy Tarkovskiy tomonidan tarjima qilingan. 1940-yilda ikkinchi she'rlar to'plamini nashr etdi va Eshref Shemʼizoda bilan birgalikda oltinchi sinf oʻquvchilari uchun Qrim-tatar adabiyoti antologiyasini nashr etdi[1]. “Миллионларнынъ джевабы”, “Санъа селям”, “Котериль, юртым”, “Дженк истемеймиз”, “Partizan Kamol” va “Koryushuv” she’rlari muallifi[2].
1939—1941-yillarda Simferopoldagi Mutaxassislar uyida yashagan. Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin, uni armiyaga chaqirishdi. Artilleriya ekipajiga qoʻmondonlik qildi. Jangda yaralanib, asirga olingan[1]. Simferopol toʻqqiz yillik namunali maktabda oʻqigan. 1938-yilda Qrim pedagogika institutini tugatgan. Talabalik yillarida she’r yoza boshlagan. Institutni tugatgach, “Яш ленинджилер” (“Yosh leninchilar”) va “Совет эдебияты” jurnallarida mas’ul kotib bo‘lib ishlagan
1944-yilda Qrim-tatarlar deportatsiya qilinganidan keyin Oʻzbekiston SSRda, Andijon shahrida yashagan[1].
1953-yilda Andijon shahrida uzoq davom etgan kasallik tufayli vafot etgan[1].
Adabiyot
tahrirUrsu D.P., Qrim-tatar madaniyati arboblari (1921-1944), 112-113-betlar.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Свод памятников истории, архитектуры и культуры крымских татар. Том III. г. Симферополь. — Белгород: «КОНСТАНТА», 2018. — с. 359. — 392 с.
- ↑ Lilya Yunusova. „Карта мира: Крым: Максуд Сулейман. Хайтарма“ (ru). Карта мира (2013-yil 10-noyabr). 2020-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-iyun.