Maqsuda Ergasheva
Maqsuda Ergasheva — Oʻzbekistonlik ijodkor. 1951-yilning 17-fevralida Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi Oq bo‘yra qishlog‘ida tug‘ildi [1]. Marg‘ilon shahridagi pedagogika bilim yurtida (1966-1970), Farg‘ona Davlat pedagogika instituti filologiya fakultetida (1978-1983) tahsil olgan. „Diyorimga ko‘zing tegmasin“ va „Ko‘ngil kishilari“ asarlari muallifi [2].
Mehnat faoliyati
tahrirOltiariq tumanidagi 19-o‘rta maktabda ona tili va adabiyoti fanidan oʻqituvchi (1970-1978; 1983-1994). Respublika yosh ijodkorlarining 2-seminari ishtirokchisi (1982).
Asarlari
tahrir"Bahorni axtarib" (1983), „Ezgu so‘z“ (1986), „Diyorimga ko‘zing tegmasin“ (2002), „Ko‘ngil kishilari“ (2006), „Alanga“ nomli romani vafotidan keyin „Sharq yulduzi“ jurnali (2014, 3-son)da chop etilgan [3].
- „O‘zbegim“, „Bir go‘zal dunyo“ jamoaviy to‘plamlarda sheʼriy turkumlari bosilgan.
Mukofoti
tahrir"Mehnat shuhrati" ordeni (1999) [4].
Maqsuda Ergasheva 2014-yilda vafot etgan [5].
Manbalar
tahrir- ↑ https://baxtiyor.uz/maqsuda-ergasheva-haqida-ma-lumot/
- ↑ https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/memuarlar/maqsuda-ergasheva-bagishlov.html
- ↑ https://ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/maqsuda-ergasheva-1951
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-avgust.
- ↑ https://malumot.ru/maqsuda-ergasheva-1951-2014/
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |