Maqsudaxon Umarova
Maqsudaxon Umarova (1923-yil, Qumshaydon qishlogʻi, Paxtaobod tumani, Andijon viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1973), KPSS aʼzosi (1945)[1].
Maqsudaxon Umarova | |
---|---|
Tavalludi |
1923-yil Qumshaydon qishlogʻi, Paxtaobod tumani, Andijon viloyati |
Vafoti | nomaʼlum |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Tarjimayi holi
tahrirMaqsudaxon Umarova 1923-yil Paxtaobod tumani Qumshaydon qishlogʻida tavallud topgan. Umarova 1943—1946-yillarda Paxtaobod tumanidagi Oʻzgarish qishloq soveti raisi, Yoqubov nomli (sobiq „Mustahkam“) kolxozi raisining muovini, 1948-yildan esa brigda boshligʻi bolʻib ishlagan. Umarova boshchiligidagi brigada har gektar yerdan 43 sentner paxta yetishtirishgan (1973). 2 marta Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzSE 1978, s. 567
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, XI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1978 — 656-bet.