Marat Azimov
Marat Azimov (1945-yil 14-mart, Toshkent shahri, OʻzSSR) — teatr va kino aktyori, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, Doʻstlik ordeni sohibi.
Marat Azimov | |
---|---|
Tavalludi |
Марат Азимов 14-mart 1945-yil |
Fuqaroligi | OʻzSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | teatr va kino aktyori |
Faoliyat yillari | 1971-yildan hozirga qadar |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirMarat Azimov 1945-yil 14-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964—1967-yillarda harbiy xizmatni oʻtab, 1967-yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutiga oʻqishga kiradi va uni 1971-yilda tamomlaydi.
Faoliyati
tahrirMarat Azimov 1971-yilda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida aktyor sifatida faoliyatini boshlagan va 1990-yilgacha u yerda ishlagan. 1997—1999-yillarda Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatrida bosh rejissyor, 1999—2014-yillarda Oʻzbek milliy akademik drama teatrida saxnalashtiruvchi rejissyor, 2014—2015-yillarda shu teatrda bosh rejissyor vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2018—2018-yillarda Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, 2018—2019-yillarda Oʻzbek milliy akademik drama teatri bosh rejissyori, 2019—2020-yillarda esa rejissyor lavozimlarida faoliyat yuritib, ijod qilib kelgan. 2020-yildan hozirga qadar Oʻzbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida ishlab kelmoqda. Sanʼat sohasida salkam 50 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.
Marat Azimov Milliy teatrda „Abulfayzxon“, „Muhabbat sultoni“, „Yer yonganda“, „Sabbai Sayyor“, „Jinoyat ustida ushlansin“, „Yurak operatsiyasi“, „Noyob nusxa“, „Najot istab“, „Xotinlar gapidan chiqqan hangoma“, „Semurg‘“, „Amir Temur“, „Afandining besh xotini“, „Besh kunlik kuyov“, „Neksiya“, „Talvasa“, „Uch kunlik dunyo“, „Omonat dunyo“, „Kundosh“, „Sizsiz o‘tmas kunlarim“, „Yig‘loma qiz“, „O‘tkan kunlar“, „Iymon“, „Istiqbol sari“, „Abay“, „O‘jarlar“, „Sadoqat bilan... (Ofitserlar)“, „Usmon Nosir“ kabi spektakllarni saxnalashtirgan.. Bundan tashqari Jizzax viloyati musiqali drama teatrida „Amir Temur“, Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida „Al Farg‘oniy“, „Alisher Navoiy va Bayqaro“, „Ufq“, Qozog‘iston Respublikasi, Chimkent shahridagi Sayram O‘zbek drama teatrida „Alisher Navoiy va Bayqaro“ kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Marat Azimov aktyor sifatida teatr sahnasida 50 dan ortiq rollar ijro etgan. „Komissiya“ spektaklida oddiy soldat, „Arizasiga ko‘ra“da Elyor, „Yulduzli tunlar“da Tohir, „Abu Ali Ibn Sino“da Sog‘indiq, „Hayot shomi“da Edmund, „Qaroqchilar“da Shufterle, „Qalbi olov“da Kolubov, „Men Chilliga ishonaman“da Chichkov, „Oy tutungan tun“da oq yigit, „Eshik ortidagi ayol“da Mansur, „Tarix tilga kirdi“da qo‘rqmas, „Qor malikasi“da Shahzoda, „Nel minorasi“da qaroqchi, „Ayajonlarim“da doktor, „G‘ariblar“da kichik o‘g‘il, „Shakuntalla“da Sohib kabi turli xildagi obrazlarni yaratgan.
Marat Azimov Mustaqillik va Navro‘z bayramlarida sahnalashtiruvchi rejissyor va bloklarning bosh rejissyori sifatida ham faoliyat koʻrsatgan. Viloyatlarda o‘tkazilgan respublika miqyosidagi bayramlarda ham bosh rejissyor sifatida tomoshalarning yuqori saviyada o‘tishini ta’minlagan.
Marat Azimov videofilm va televideniyalarda ham yuzdan ortiq obrazlar yaratgan. „Alisher Navoiy“da Muzaffar, „Qutlug‘ qon“da Salim boyvachcha, „Ro‘yxatlarida yo‘q edi nomi“, „Uning nomi bahor edi“da Elyor, „Oy borib omon qayting“da Uchqun, „Diyonat“da taftishchi, „Bobur“da sarkarda, „Uchinchi avlod“da jurnalist obrazlari shular jumlasidandir[1].
Mukofotlari
tahrirMarat Azimov 1995-yili Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan, 2003 yili „Qoraqalpog‘iston san’at arbobi“, 2005 yili Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan. 2021-yil „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ hamda 2022-yil „O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi“ ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Марат Азимов“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 22-noyabr 2024-yil.