Marc Anthony Pelosi (talaffuzi: Mark Entoni Pelosi) — 1994-yil 17-iyunda Germaniyaning Bad Sakingen shahrida tugʻilgan. Yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritagan.

Marc Pelosi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marc Anthony Pelosi
Tavallud sanasi 17-iyun 1994-yil (1994-06-17) (29 yosh)
Tavallud joyi Bad Säckingen, Germaniya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001—2011 De Anza Force
2011—2015 Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015—2017 San Jose Earthquakes 12 (0)
2017 → Reno 1868 (ijara) 4 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2011 AQSh U17 28 (8)
2012 AQSh U20 3 (0)
2015 AQSh U23 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati tahrir

Marc Pelosi Angliyaning „Liverpool“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanagan[1]. 2015-yilning yozida akademiyani tugatgandan soʻng „San Jose Earthquakes“ klubi bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan[2]. 27-iyul kuni Kanadaning „Vancouver“ jamoasiga qarshi oʻyinda Marc Pelosi ikkinchi boʻlimda Kris Vondolovskini oʻrniga almashtirilibb, MLSda debyut qilgan[3][4]. Tizzasidan olgan jarohati tufayli u bir yarim yil — butun 2016-yil va 2017-yilgi mavsumning yarmini oʻtkazib yuborgan[5]. 2017-yilning avgust-sentabr oylarida Marc Pelosi USL filialida „Reno 1868“ klubida ijaraga olingan edi. 2017-yilgi mavsum tugaganidan soʻng, „San Jose Earthquakes“ klubi Marc Pelosining shartnomasini uzaytirmagan[6].

Xalqaro faoliyati tahrir

2011-yilda AQSh oʻsmirlar terma jamoasi bilan Marc Pelosi Yamaykada boʻlib oʻtgan CONCACAF oʻsmirlar chempionatida gʻolib chiqgan[7][8]. Turnirda u Kanada, Panama, Yamayka va El Salvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9]. Salvadorliklar va yamaykaliklarga qarshi janglarda Marc Pelosi gol urgan[10].

Oʻsha yilning yozida AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida Marc Pelosi Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[11][12]. Turnirda u Chexiya, Oʻzbekiston va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[13]. Marc Pelosi barcha yosh toifasida Qoʻshma Shtatlar sharafini himoya qilgan. U 2011-yilgi FIFA U20 Jahon chempionatida 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoa sardori boʻlgan. U, shuningdek, 2015-yil U23 Tulon turnirida uchinchi oʻrinni egallagan.

Manbalar tahrir

  1. Brian Straus. „American teen Pelosi signs with Liverpool“ (inglizcha). SportingNews.com (8-noyabr 2011-yil). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
  2. „Earthquakes Sign Midfielder Marc Pelosi“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (17-iyul 2015-yil). 20-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyul 2015-yil.
  3. „Rewind: Quakes Remain Focused After Loss in Vancouver“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (27-iyul 2015-yil). 10-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
  4. Alicia Rodriguez. „San Jose Earthquakes sign midfielder Marc Pelosi to new contract“ (inglizcha). MLSsoccer.com (16-dekabr 2016-yil). 16-avgust 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
  5. „RECAP: Earthquakes Defeat Bundesliga’s Eintracht Frankfurt 4-1“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (14-iyul 2017-yil). 30-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
  6. „NEWS: Earthquakes Announce Roster Moves Ahead of 2018 MLS Season“ (inglizcha). San Jose Earthquakes (27-noyabr 2017-yil). 10-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2019-yil.
  7. „США (до 17) VS. Канада (до 17) 3:0“ (ruscha). soccerway.com (28-fevral 2011-yil). 19-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2016-yil.
  8. „США (до 17) VS. Панама (до 17) 1:0“ (ruscha). soccerway.com (18-fevral 2011-yil). 14-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2016-yil.
  9. „США (до 17) VS. Сальвадор (до 17) 3:2“ (ruscha). soccerway.com (22-fevral 2011-yil). 14-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2016-yil.
  10. „США (до 17) VS. Ямайка (до 17) 2:0“ (ruscha). soccerway.com (26-fevral 2011-yil). 14-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2016-yil.
  11. „США (до 17) VS. Узбекистан (до 17) 1:2“ (ruscha). soccerway.com (22-iyun 2011-yil). 14-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  12. „США (до 17) VS. Чехия (до 17) 3:0“ (ruscha). soccerway.com (20-iyun 2011-yil). 14-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.
  13. „США (до 17) VS. Новая Зеландия (до 17) 0:0“ (ruscha). soccerway.com (26-iyun 2011-yil). 8-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2015-yil.