Marc Preston Webb – 1974-yil 31-avgustda dunyoga kelgan amerikalik kinorejissyor[1]. Webb oʻzining ilk toʻliq metrajli filmi sifatida 2009-yilda romantik komediya janridagi 500 Days of Summer filmini suratga olgan. Keyinchalik Yangi oʻrgimchak odam (2012) hamda Yangi oʻrgimchak odam 2 (2014) filmlariga ham rejissyorlik qilgan. Ushbu filmlar 2021-yilda Marvel Studios tomonidan Webb verse deb atalgan[2]. Webb, shuningdek, 2017-yilda Gifted hamda The Only Living Boy in New York dramatik filmlarini suratga olgan. Undan tashqari 2025-yilda premyera qilinishi kutilayotgan Disneyning Snow White filmining yangi talqiniga ham rejissyorlik qilgan.

Marc Preston Webb

Webb 2013-yilgi San Diego Comic-Conida
Tavalludi 1974-yil 31-avgust
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Kinorejissyor
Faoliyat yillari 1996-yildan buyon
Turmush oʻrtogʻi Jane Herman

Manbalar

tahrir
  1. Lott Clark, Susan. Southern letters and life in the mid 1800s. Wisconsin: the University of Wisconsin – Madison, 1993. 
  2. Vary, Adam B. „'Spider-Man: No Way Home' Screenwriters Explain All Those Surprises and Spoilers: 'This Wasn't Just Fan Service'“. Variety (2021-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 30-mart.