Marcel Goc (talaffuzi: Marsel Gok) (1983-yil 24-avgustda tugʻilgan)—germaniyalik sobiq professional xokkeychi.

Marcel Goc
Goc Pittsburgh Penguins klubida 2014-yil
Tugʻilgan joyi 24-avgust 1983-yil (1983-08-24) (40 yosh)
Calw, Germaniya
Boʻyi 6 ft 1 in (185 cm)
Ogʻirligi 197 lb (89 kg; 14 st 1 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Oʻynagan jamoalari SERC Wild Wings
Adler Mannheim
San Jose Sharks
Nashville Predators
Florida Panthers
Pittsburgh Penguins
St. Louis Blues
Milliy jamoa  Germaniya
NHLga kirish drafti 20-oʻrindagi tanlov, 2001
San Jose Sharks
Jamoalardagi faoliyat 1999—2020

Gocning otasi Josef oʻzining vatani Chexoslovakiyada xokkeychi boʻlgan[1]. Marcel Gocning ikki ukasi bor, ular ham professional xokkey bilan shugʻullanadi. Marcel Gocning akasi Sascha ham Germaniya milliy xokkey terma jamoasida oʻynaydi.

Marcel Goc faoliyati davomida 699 ta NHL musobaqasida[2], 388 ta DELda[3] va Germaniya erkaklar milliy xokkey terma jamoasi safida 112 ta oʻyinda maydonga tushgan[4].

Oʻyin faoliyati tahrir

Yoshligida Marcel Goc 1996—1997-yillarda Quebec xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida Baden-Württemberg jamoasi bilan oʻynagan[5].

Marcel Goc 2001-yil NHL kirish loyihasida „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga 20-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilingan edi. Ammo Marcel Goc 2003-yilgacha Germaniyada qoldi. Marcel Goc 2003—2004-yilgi mavsumni „Cleveland Barons“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Shundan soʻng, Marcel 2004-yil pley-off bosqichi oʻyinlarida „San Jose Sharks“ xokkey klubi safiga qoʻshildi.

Marcel Goc oʻzining birinchi NHL oʻyinini St. Louis Blues" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi.

2009-yil 20-avgustda Marcel Goc „Nashville Predators“ xokkey klubi bilan bir yillik 550 000 dollarlik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Marcel Goc 2009—2010-yilgi mavsumini klub safida oʻtkazdi.

Marcel Goc 2011-yilning 1-iyulida „Florida Panthers“ xokkey klubi bilan 5,1 million dollarlik uch yillik shartnoma imzoladi[6]. 2011-yil 11-oktyabrda Marcel Goc „Panthers“ klubi safida „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻzining birinchi golini urdi. 

2014-yilning 5-martida Marcel Goc „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi safiga oʻtdi[7].

Keyingi 2014—2015-yilgi mavsumda, 2014-yil 22-oktyabrda Marcel Goc „Philadelphia Flyers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5-3 hisobida magʻlubiyat) klub safidagi ilk golini kiritishga muvaffaq boʻldi[8]. 2015-yilning 27-yanvarida Marcel Goc „St. Louis Blues“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[9].

Faoliyat statistikasi tahrir

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2000 Germany WJC B 12-oʻrin 5 1 1 2 2
2000 Germany WJC18 7-oʻrin 6 2 1 3 10
2001 Germany WJC D1 12-oʻrin 5 0 1 1 2
2001 Germany OGQ Q 3 0 0 0 0
2001 Germany WC 8-oʻrin 7 0 0 0 2
2001 Germany WJC18 5-oʻrin 6 2 4 6 0
2002 Germany WJC D1 11-oʻrin 5 4 2 6 2
2003 Germany WJC 9-oʻrin 6 1 2 3 2
2003 Germany WC 6-oʻrin 7 1 2 3 0
2004 Germany WCH 8-oʻrin 3 0 1 1 2
2005 Germany WC 15-oʻrin 6 2 0 2 0
2006 Germany OG 10-oʻrin 5 1 0 1 0
2008 Germany WC 10-oʻrin 3 0 0 0 0
2010 Germany OG 11-oʻrin 4 2 1 3 0
2010 Germany WC 4-oʻrin 9 2 0 2 4
2012 Germany WC 12-oʻrin 7 0 0 0 2
2013 Germany WC 9-oʻrin 7 0 4 4 4
2016 Germany WC 7-oʻrin 8 1 1 2 2
2016 Germany OGQ Q 3 1 1 2 2
2018 Germany OG   7 0 1 1 0
Oʻsmirlar safida 18 5 7 12 12
Kattalar safida 73 9 10 19 16

Manbalar tahrir

  1. Schwarzwälder Bote „Eishockey-Stars besuchen ihre Schule“, July 6,2010
  2. „Marcel Goc Stats and News“ (en-US). NHL.com. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  3. „Marcel Goc at eliteprospects.com“ (en). www.eliteprospects.com. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  4. „RODI-DB - Die deutsche Eishockey-Datenbank“ (de). www.rodi-db.de. Qaraldi: 2020-yil 3-aprel.
  5. „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 2019-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-fevral.
  6. „NHL Free Agent Tracker“. The Sports Network. Qaraldi: 2011-yil 1-iyul.
  7. Hooks Orpik. „Trade Deadline: Pens acquire Marcel Goc from Florida Panthers“ (2014-yil 5-mart). Qaraldi: 2014-yil 5-mart.
  8. „Penguins fall to Flyers 5-3“. Pittsburgh Penguins (2014-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 22-oktyabr.
  9. „Penguins send Goc to Blues for Lapierre“. The Sports Network (2015-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 27-yanvar.