Marko Delle Monache (2005-yil 3-fevralda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi, „Peskara“ jamoasida oʻynaydi.

Marco Delle
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marco Delle Monache
Tavallud sanasi 3-fevral, 2005-yil
Tavallud joyi Italiya
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Percara
Raqami 40

Yoshligi tahrir

Peskara provinsiyasidagi Cappelle sul Tavo shahrida oʻsgan[1][2][3] Marko Delle Monache 2013-yilda Delfino Peskara akademiyasiga xuddi shu shahardagi havaskorlar klubi Kaldora klubidan qoʻshilgan.[1][4][5]

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Delle Monache 2021—2022-yillarda Primavera jamoasida oʻynay boshladi,[1] 2021-yil 15-sentabrda oʻz klubida professional debyut qilishdan oldin, Eugenio D’Ursining oʻrniga C Coppa Seria turnirida oʻz uyida Grossetoga klubiga qarshi oʻyinda 2-0 hisobida oʻz klubi bilan gʻalaba qozondi.[3][4][6]

U 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar bilan muntazam boshlangʻich tarkibda maydonga tushgan, chunki u hujumlarda juda katta hissa qoʻshib kelgan[2] xususan, „Napoli“ga qarshi oʻyinda 3-1 hisobi bilan gʻalaba qozonilgan oʻyin[7] paytida bir nechta golli uzatmalarni amalga oshirganligi sababli, u Seriya C turnirida birinchi oʻyinini 22-yanvar, 2022-yilda Montevarchi klubiga qarshi oʻz uyida 4-2 hisobi bilan gʻalaba qozanilagan oʻyining soʻnggi daqiqasida maydonga tushgan.[8][9]

Yosh futbolchi Abruzzoning eng yirik klubi bilan ilk professional shartnomasini 2022-yilning fevralida imzoladi va u 2024-yilning iyunigacha Delfino futbolchisiga aylandi.[10]

Xalqaro martaba tahrir

Delle Monache 2021-yil oktabr oyida Bernardo Korradi tomonidan 17-yoshgacha futbolchilar bilan 2022-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinlariga Italiya terma jamoasining yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan.[3][11] U 27-oktabr kuni Albaniyaga qarshi 5-0 hisobi bilan gʻalaba qozonilgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib oʻzining terma jamoadagi birinchi oʻyinini oʻtkazgan.[12]

Oʻyin uslubi tahrir

Delle Monache hali faoliyati va hayotining dastlabki bosqichlarida boʻlsada, allaqachon ajoyib sur’at, ijodkorlik va texnikaga ega futbolchi sifatida tasvirlangan edi.[1][2][4][5][13] Bu keyinchalik uni Pasquale Foggia,[5] Fabritsio Miccoli yoki hatto Lorenzo Insigne kabilar bilan solishtirishga sabab boʻldi.[4][12]

U trekvartista sifatida ham, hujumkor vinger sifatida ham, asosan hujumning chap tomonida oʻynay oladi.[2][5]

Oʻng oyoqli oʻyinchi, u raqibni dribling qilish va toʻpni himoya qilish bilan ajralib turadi, qoʻshimcha ravishda uzoqga xavfli paslarni amalga oshirish, jarima zarbalarini amalga oshirish va hujumchilarga assistentlik qilish qobiliyatiga ega. Shuningdek, u himoyada oʻzining tezligidan va taktik qobiliyatidan unumli foydalana oladi va yaxshi bosim qila oladi.[13][12]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 D'angelo. „La favola di Delle Monache: dal camp estivo al debutto nei professionisti“ (italyancha). Il Pescara. Citynews (17-sep 2021-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Bergantini. „Pescara, si accende la bagarre per il gioiellino Delle Monache“ (italyancha). MondoPrimavera (17-jan 2022-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Nazionale Under 17 qualificazioni europee: c'è anche Delle Monache“ (it-IT). Rete8 [it] (24-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Tontodonati. „Delle Monache-Sorrentino, i gioielli biancazzurri“ (it-IT). Il Centro (17-sep 2021-yil). Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 „Marco Delle Monache, alla prima con i grandi del Pescara“ (it-IT). La Giovane Italia (22-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 10-fevral 2022-yil. [sayt ishlamaydi]
  6. Debbia. „Pescara, c'è l'esordio del classe 2005 Marco Delle Monache“ (italyancha). Tutto C (15-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  7. Belli, Fabio. „Napoli Pescara Primavera (risultato finale 1-3): colpo esterno del Delfino!“. Il Sussidiario. Foundation for Subsidiarity (27-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
  8. D'angelo. „Pescara - Aquila Montevarchi 4-2: partita, tabellino e voti“ (italyancha). Il Pescara. Citynews (22-jan 2022-yil). Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  9. Tortora. „Serie C: Pescara, esordio per il 2005 Delle Monache | Football Scouting“ (it-IT). Football Scouting (24-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  10. D'angelo. „Pescara, primo contratto per Delle Monache: firma fino al 2024“ (italyancha). Il Pescara. Citynews (11-feb 2022-yil). Qaraldi: 18-fevral 2022-yil.
  11. „Delle Monache veste l’azzurro: vola in nazionale con l’under 17“ (it-IT). Il Centro (16-oct 2021-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
  12. 12,0 12,1 12,2 Berardi. „Delle Monache e Blanuta in rampa di lancio“ (it-IT). Il Centro (6-jan 2022-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.
  13. 13,0 13,1 Pergola. „C Scouting, la casa del talento: occhi su Marco Delle Monache“ (italyancha). La Casa di C (9-fevral 2022-yil). Qaraldi: 19-fevral 2022-yil.