Margaret Hilda Thatcher (talaffuzi: Margaret Hilda Tetcher; qizlik familiyasi — Roberts; 13-oktabr 1925 – 8-aprel 2013) – Britan siyosatdoni, 1979—1990-yillarda Birlashgan Qirollik Bosh vaziri boʻlgan. Thatcher shu mansabdagi birinchi ayol kishi boʻlgan. Qattiqqoʻl siyosati va rahbarligi uchun bir Sovet muxbiri uni „Temir Xonim“ (inglizcha: Iron Lady; ruscha: Железная Леди) deb atagan, bu laqab keyinchalik keng tarqalib ketgan. Bosh vazirlik vaqtida konservativ siyosat yuritgan.

Margaret Hilda Thatcher
Tavalludi
Margaret Hilda Roberts

13-oktyabr 1925-yil
Vafoti 8-aprel 2013-yil(2013-04-08)
(87 yoshda)
Buyuk Britaniya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1][2] va United Kingdom of Great Britain and Ireland
Otasi Alfred Roberts
Onasi Beatrice Ethel Stephenson

Avvaliga kimyo bilan shugʻullangan Thatcher keyinchalik huquqshunoslikka oʻtgan va 1959-yili parlament aʼzosi etib saylangan. 1970-yili Edward Heath uni Taʼlim va Fan davlat kotibi etib ishga olgan. 1975-yilgi Konservatorlar saylovida Thatcher rahbarini yengib, Birlashgan Qirollik tarixida katta partiyaning birinchi ayol-yetakchisi boʻldi. 1979-yilgi saylovda ham yengib chiqib, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri boʻldi.

Thatcher yillari deregulatsiya bilan xarakterlanib, shu muhlat davomida u hukumat shirkatlarini xususiylashtirish, kasaba uyushmalari taʼsirini cheklash kabi konservativ islohotlar olib bordi. Ishsizlik va retsessiyadan susaygan Thatcher hukumati ostida mamlakat keyinchalik iqtisodiy oʻsish koʻrdi va 1982-yili Folklend urushida gʻalabaga erishdi. Bu muvaffaqiyat tufayli Thatcher 1983-yili qayta saylandi.

Thatcher 1987-yili uchinchi muhlatga saylandi, biroq uning jon boshidan olinadigan soliq ʼelon qilishi aholi orasida norozilikka sabab boʻldi, Yevropa Hamkorligiga nisbatan qarashlari esa uning mahkamasi tomonidan xush qarshilanmadi. Natijada 1990-yil noyabrida Thatcher isteʼfoga chiqdi va umrining oxirigacha baronessa unvonida va Lordlar uyida qoldi.

Margaret Thatcher 2013-yil 8-aprelida insultdan vafot etdi.[3][4]

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. „BBC News - Ex-Prime Minister Baroness Thatcher dies“. bbc.co.uk (8-aprel 2013-yil). Qaraldi: 8-aprel 2013-yil.
  4. „Маргарет Тэтчер вафот этди“ (oʻzbekcha). kun.uz (2013-yil 8-aprel). Qaraldi: 9-aprel 2013.[sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir