Marhab
Marhab ibn al-Horis (arabcha: مرحب بن الحارث) – Islom dini paygʻambari Muhammadning muxolifi. Xaybar jangida ishtirok etgan mashhur jangchi.
Marhab ibn al-Horis | |
---|---|
arabcha: مرحب بن الحارث | |
Alining Marhabni oʻldirishi tasviri | |
Tavalludi | Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:RomanNumber' not found. |
Vafoti |
628 Xaybar jangi |
Kasbi | Qoʻmondon, shoir |
Hayoti
tahrirMarhab ibn al-Horis janglardagi qoʻmondonlik mahorati bilan bir qatorda[1] shoir ham boʻlgan[2]. Boʻylari baland va bahaybat[3], jasur[3] va boy kishi edi[3].
Ajdodi
tahrirBaʼzi tarixchilar keltirgan maʼlumotlarga koʻra, Mahrab ibn al-Horis va uning singlisi asli isroillik boʻlgan[4], baʼzi tarixchilar uni himyariylardan deb hisoblashgan[5].
Xaybar jangi
tahrir628-yilda Xaybar vohasida yashovchi musulmonlar va yahudiylar oʻrtasida Xaybar jangi boʻlib oʻtadi. Marhab oʻsha jangda yahudiy qoʻshinining qoʻmondoni sifatida jang qiladi. Musulmon tarixchisi Shayx Mufid: „Musulmonlardan Ali ibn Abu Tolibdan boshqa hech kim unga qarshi tura olmaydi“, deydi[6].
Oʻlimi
tahrirMarhabning onasi folbin edi, u Marhabni arslon maʼnosini bildiruvchi nom bilan ataladigan kishidan boshqa hech kim oʻldira olmaydi deb bashorat qilgan[3][7]. Marhab soʻnggi jangidan bir kecha oldin sherning oʻziga hujum qilganini tush koʻrgan[8].
Tarixchilar Marhabning oʻldirilishi bilan bogʻliq voqea haqida turlicha taʼrif berganlar. „Sahih Muslim“da yozilishicha, jangda Ali Marhabning qarshisidan chiqadi. Marhab qilichini irgʻitib, olgʻa siljiydi: „Xaybar, albatta, men Marhab ekanligimni biladi, men toʻliq qurollangan, sinovdan oʻtgan, urush boshlanganida olov alangasini yoyib yuborgan jasur jangchiman“. Unga javoban Ali: „Men onasi unga Haydar deb ism qoʻygan odamman (arslon soʻziga sinonim), yuzi dahshatga toʻla oʻrmon arsloniga oʻxshagan odamman“.
Roviylardan shunday deyiladi: „Ali Marhabning boshiga urib, uni oʻldirdi. Shuning hisobiga Xaybar qoʻlga olindi“[9].
Bu haqida Maqriziy ham rivoyat qiladi: „Ansoriylar Marhabning onasini uning jasadini ushlab, yigʻlayotganini koʻrganini aytdilar“[10].
Manbalar
tahrir- ↑ Nadwi, Abul Hasan. „Al-Sirah Al-Nabawyiah“. Ibn Kathir publication. Damascus. page 424
- ↑ Ali, Jawad. „Al-Mufasal Fi Tarikh Al-Arab“. Dar Al-Saqi Publication. 2001. volume 18 page 354
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Mohammad-Baqer Majlesi, Bihār al-Anwār, Al-Wafa Publication, Beirut, (1983), volume 21 page 9
- ↑ al-'Asqalani, Ibn Hajar. „al-Isaba fi tamyiz al-Sahaba“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah Publication. Beirut. volume 8 page 155
- ↑ Al-Suhayli. al-Rawḍ al-unuf fī šarḥ al-sīra al-Nabawiyya li-Ibn Hišām. wa-maʿahu al-Sīra al-Nabawiyya. Dar Ehya Al-Turath Al-Arabi Publication. Beirut. (2000). volume 7 page 98
- ↑ Diyar Bakari. „Tarikh al-khamis fi ahwal anfansi nafis“. Dar Sader Publication. Beirut. volume 2 page 50
- ↑ al-Maqrizi. „Emta Al-Asma“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah. Beirut. (1999). volume 11 page 290
- ↑ Al-Halabi, Burah Al-din. „Ensan Al-Ayoon“. Dar Al-Marifa Publication. Beirut. volume 2 page 738
- ↑ „The Book of Jihad and Expeditions - Sunnah.com - Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. Sunnah.com. Qaraldi: 2022-yil 22-avgust.
- ↑ Al-Maqrizi. „Emta Al-Asma“. Dar Al-Kutub Al-Elmyiah. Beirut. (1999). volume 11 page 292