Maria Antonia
Ispaniyalik Maria Antonia Fernanda (ispancha: María Antonia Fernanda de España; 17-noyabr 1729, Sevilya, 19-sentabr 1785, Monkaleri) — Ispaniya infantasi, nikohda-Sardiniya malikasi.
Maria Antonia | |
---|---|
Tavalludi |
17.1.1729 Ispaniya qirolligi, Sevilya |
Vafoti |
19.9.1785 Monkalyeri, Sardin qirolligi |
Fuqaroligi | Ispaniya |
Turmush oʻrtogʻi | Viktor Amadey III |
Otasi | Filipp V |
Onasi | Izabella Fernes |
Imzosi | |
Biografiya
tahrirMaria Antonia Fernanda Angliya-Ispaniya urushi tugagandan soʻng tinchlik shartnomasini tuzish paytida Sevilya Qirollik saroyida tugʻilgan[1]. Ispaniya qiroli Filipp V va uning ikkinchi xotini Izabella Farnesning kenja qizi edi. Malika Mariya va Antonia ismlari bilan choʻqintirildi va Fernand nomini keyinchalik taxtning oʻsha paytdagi vorisi boʻlgan uning ota bir akasi Ferdinand sharafiga oldi. Ispaniya qirolining qizi Maria Antonia tugʻilgandan boshlab Infanta unvonini oldi va uni Zoti oliyalari deb nomlashdi. Maria Antonianing bolaligi 1733-yilgacha Sevilya oʻtdi, keyin qizni Madridga joʻnatishdi[2].
Maria Antoni va uning akasi Filippning fransuz dofini Lui Ferdinand va uning opasi Luiza Elizabeth bilan qoʻshaloq toʻylari rejalashtirilgan edi; Maria Antonianing onasi ikkala nikohga ham rozi boʻldi, faqat qizi balogʻat yoshiga yetgandan keyingina, turmushga chiqishini aytib oʻtdi. Ushbu parametr dofinga mos kelmadi va 1744-da u infantaning katta opasi Maria Teresaga uylandi. Maria Teresaning vafotidan soʻng, 1746-yilda Ispaniyaning yangi qiroli Ferdinand VI Maria Antonianing fransuz dofini bilam turmush qurish muzokaralarni qayta boshladi, ammo Qirol Lui XV bu fikrni rad etdi va dofin sakson malikasi Meri Jozephga uylandi. Mari Josephning katta akasi Fridrix Christian ham Maria Antoniga uylanishni hohladi, ammo bu hohishiga erishmadi[1].
1750-yil 12-aprelda Madridda Maria Antonia va Sardiniya qiroli Charlz Emmanuel III va uning ikkinchi xotini Gesse-Reynfels-Rotenburgning katta oʻgʻli Savoy gertsogi Viktor Amadeus oʻrtasida ishonchnoma bilan nikoh tuzildi; yana boshqa marosim 31-may kuni Ulksda boʻlib oʻtdi[3]. Nikoh Maria Antonianing akasi tomonidan Avstriya merosi uchun urush paytida barrikadalarning turli tomonlarida boʻlgan Madrid va Turin aloqalarini mustahkamlash uchun tashkil etilgan[4]. Toʻy uchun shaxsan bastakor Baldassare Haluppi bir nechta operalarni yozgan. Toʻy sovgʻasi sifatida Turin Palazzo Realeʼdagi Savoy gersogligi apartamentlari chizmalari Benedetto Alfieri tomonidan ishlab chiqilgan. Maria Antonia 3,5 mln Pyemont lirasi va Ispaniya mulkidagi Millanni qoʻlga kiritdi.
Maria Antonia va Viktor Amadeus nikohda baxtli boʻlsada savoyi saroyida ularning nikohi unchalik mashxur emas edi[5]. Maria Antonia Savoy saroyiga qatʼiy ispan odob-axloq qoidalarini olib keldi; gertsoginya juda dindor edi va zamondoshlari uni sovuq va ayni paytda uyatchan odam deb tasvirlashardi[6]. Turli manbalarga koʻra, Maria Antonia toʻqqiz[7]/oʻn ikki bolalarning onasi boʻlib, ulardan faqat ikkitasi naslga ega edi[7].
Maria Antonianing qaynotasi 1773-yilda vafot etdi va uning eri Sardiniya qiroli, ularning toʻngʻich oʻgʻli Karl Emmanuil esa taxtga voris boʻldi. 1773-yilda Karl Emmanuel fransuz dofinning qizi Maria Klotilde bilan turmush qurdi. Maria Antonia va Maria Klotilde juda yaqin edi[6]. Maria Monkalyer qal`asida vafot etdi[7] va Superg qirollik bazilikasida dafn qilindi. Viktor Amadeus 1796-yilda beva holida vafot etdi.
Oilasi
tahrirViktor Amadeus III bilan turmush qurgan Mariaa Antonianing toʻqqiz farzandi boʻlgan[8]:
- Karl Emmanuel Ferdinand Maria (1751-yil 24-may — 1819-yil 6-oktyabr) — Sardiniya va Piedmont qiroli; fransuz dofin Lui Ferdinand va saksoniyalik Josephning qizi Meri Klotilde bilan turmush qurgan. Bolalar yoʻq edi[7].
- Maria Josephin Luiza (1753-yil 2- sentyabr — 1810-yil 13-noyabr) — fransuz qiroli Lyudovik XVIII bilan turmush qurgan. Bolalar yoʻq edi[7].
- Maria Teresa (1756-yil 31-yanvar — 1805-yil 2-iyun) — 1824-yilda Charl X nomi bilan fransuz taxtiga koʻtarilgan graf Artua bilan turmush qurgan.
- Maria Anna Karolina Carlotta Gabriella (1757-yil 17-dekabr — 1824- yil 11-oktyabr) — oʻzining amakisi Chabla gersogi Savoy Benedikt bilan turmush qurgan. Bolalar yoʻq edi [7].
- Victor Emmanuel (1759-yil 27-iyul — 1824-yil 10-yanvar) — Sardiniya va Piedmont qiroli; avstriyalik Archduke Ferdinand va Mariya Beatrice d’Este qizi Maria Teresa bilan turmush qurgan. Mariya Teresa bilan turmush qurgan Victor Emmanuelning besh qizi va bir oʻgʻli bor edi, oʻgʻli bolaligida vafot etgan[7].
- Maurisino Juseppe Maria- (13-dekabr 1762 — 2-sentyabr 1799)- Monferrat Gersogi, uylangan, bolalati yoʻq edi.
- Maria Karolina Antoinette Adelaida (1764-yil 17-yanvar — 1782-yil 28- dekabr) — 1827-yilda Saksoniyaning qiroliga aylangan sakson shahzodasi Antonga turmushga chiqqan. Bolalari yoʻq edi[7].
- Karl Feliks Juzeppe Mariaa (1765-yil 6- aprel — 1831-yil 27-aprel) — Sardiniya va Piedmont qiroli; Sitsiliya qiroli Ferdinand I va Avstriya Karolina Marianing qizi Meri Kristinaga uylangan. Bolalar yoʻq edi[7].
- Juseppe Benedetto Mariaa Placido (1766-yil 5-oktyabr — 1802-yil 29-oktyabr) — Moriyenna va Asti grafi; turmush qurmagan, bolalari yoʻq edi[7].
Shuningdek, baʼzi manbalarga koʻra, qirollik juftligining bolaligida yoki goʻdakligida vafot etgan uchta farzandi bor edi: Maria Elizabeth Carlotta (1752-1753) Amadeus Alexandr (1760-1768).
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Armstrong 1892.
- ↑ Kamen 2001.
- ↑ Beatson 1788.
- ↑ Morselli 1984.
- ↑ Coxe 1815.
- ↑ 6,0 6,1 Artemont 1911.
- ↑ 7,00 7,01 7,02 7,03 7,04 7,05 7,06 7,07 7,08 7,09 Bertolotti 1830.
- ↑ Bertolotti 1830, ss. 289–290.
Adabiyotlar
tahrir- Armstrong, Edward. Elisabeth Farnese "the Termagant of Spain". Longmans, Green and Co, 1892.
- Artemont, Louis Leopold d'.. A Sister of Louis XVI, Marie-Clotilde de France, Queen of Sardinia (1759-1802). J. Murray, 1911.
- Beatson, Robert. A Political Index to the Histories of Great Britain and Ireland. Printed for G. G. J. & J. Robinson, 1788.
- Bertolotti, Davide. Istoria della R. Casa di Savoia. Fontana, 1830.
- Campbell, John. The present state of Europe. Printed for C. Hitch and L. Hawes, and T. Longman ; J. Rivington, 1761.
- Coxe, William. Memoirs of the Kings of Spain of the House of Bourbon. Longman, Hurst, Rees, Orme, and Brown, 1815.
- Kamen, Henry. Philip V of Spain: The King who Reigned Twice. Yale University Press, 2001. ISBN 0300087187, 9780300087185.
- Morselli, Mario. Amedeo Avogadro: A Scientific Biography. Springer, 1984. ISBN 9027716242, 9789027716248.
- Gentleman's Magazine and Historical Chronicle. BiblioBazaar, 2015. ISBN 1344965512, 9781344965514.
- Rozoir, Charles Du. Le dauphin, fils de Louis XV et père de Louis XVI et de Louis XVIII. A. Eymery, 1815.