Marie-Louise Eta
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Marie-Louise Eta (1991-yil 7-iyulda tugʻilgan) — germaniyalik sobiq futbolchi, Bundesliganing „Werder Bremen“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. U „Turbine Pots“dam jamoasida ham oʻynagan. U 2017—2018-yilgi mavsum oxirida, 26 yoshida futbol oʻynashni tark etdi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marie-Louise Eta | ||
Tavallud sanasi | 7-iyul 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Dresden, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.65 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
FV Dresden 06 | |||
1. FFC Fortuna Dresden-Rähnitz | |||
FFC Turbine Potsdam | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2011 | FFC Turbine Potsdam | 29 | (4) |
2011—2012 | Hamburger SV | 22 | (2) |
2012—2014 | Cloppenburg | 41 | (5) |
2014—2018 | Werder Bremen | 85 | (19) |
Milliy terma jamoa | |||
2006 | Germaniya U15 | 5 | (2) |
2006 | Germaniya U16 | 1 | (0) |
2007—2008 | Germaniya U17 | 17 | (1) |
2009—2010 | Germaniya U19 | 22 | (4) |
2010 | Germaniya U20 | 3 | (0) |
2010—2012 | Germaniya U23 | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Xalqaro faoliyati
tahrirGermaniya ayollar terma jamoasining 19 yoshgacha boʻlgan xalqaro oʻyinchi sifatida, u 2009-yilgi[2] va 2010-yilgi Yevropa chempionatlarida oʻynagan[3].
2010-yilda 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatidan soʻng, UEFA uni eng yaxshi 10 nafar futbolchi roʻyxatiga kiritdi.
2010-yil iyun oyida Eta murabbiy Maren Maynert tomonidan „Germaniya U20“ ayollar terma jamoasiga 2010-yilda Germaniyada boʻlib oʻtadigan, 20 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun tanlangan. Asosan zaxira tarkibida oʻtirgan boʻlsa ham oʻziga yuklatilgan oʻyinlarda faol natija koʻrsatgan. U Germaniya sharafini juda erta 15 yoshgacha ayollar jamoasi tarkibida himoya qilishdan boshlagan. Keyinchalik U16 safida, soʻngra U17, U19, U20 va U23 terma jamoa safida ham yutuqlarga erishdi. Oʻsmirlar oʻyinchisi sifatida Germaniya U17 terma jamoasiga tegishli edi. 2008-yil Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida, u 16-noyabr kuni uchinchi oʻrin uchun oʻyinda Angliya terma jamoasi ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozondi.
2012-yilda u 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoa tarkibida ishtirok etdi[4][5].
Shaxsiy hayoti
tahrirYutuqlari
tahrirGermaniya
- FIFA U20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati: 2010-yil.
- 17 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionati: 2008-yil.
- FIFA U17 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati, uchinchi oʻrin: 2008-yil.
FFC Turbine Potsdam
- UEFA ayollar chempionlar ligasi: 2010-yil
- Bundesliga: 2009-yil, 2010-yil, 2011-yil
- DFB-Hallenpokal: 2009—2010-yillar
Manbalar
tahrir- ↑ „Eta: "Ich hatte nur Fußball im Kopf"“ (de). DFB (2020-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ „Nine goals not enough for Germany“. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-avgust.
- ↑ Nerveless France seal final date. UEFA
- ↑ U-23-Team dfb.de
- ↑ Lübcke U-23-Debut dfb.de
- ↑ „"Die Qualität im Kader ist sehr hoch"“ (de). Weser Kurier (2014-yil 31-iyul). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
- ↑ Morgner, Sebastian. „Marie-Louise Eta: Rückkehr ins „Karli““ (de). Märkische Allgemeine Zeitung (2015-yil 11-dekabr). 2018-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.