Mari Hoyau (1997-yil 12-mart, Fransiyaning Poissy shahrida tugʻilgan) fransuz changʻida sakrovchisi.

Sport faoliyati

tahrir

2012-yilda Hoyau 15 yoshida o'zining birinchi g'albasiga erishgan. Tuffesdagi milliy musobaqada birinchi oltin medalini qoʻlga kiritgan (2012-yil 7-oktyabr)[1]. Marie 16 yoshida o'zining birinchi rekordini o'rnatgan, 2013-yil 20-yanvarda Chamonixdagi Le Grepon kichik changʻidan sakrashda ayollar rekordini oʻrnatgan[2].

2012/2013-yildan boshlab Hoyau xalqaro FIS musobaqalarida ham qatnashgan. Ruminiyada boʻlib oʻtgan Yevropa oʻsmirlar Olimpiya festivalida (2013-yil 19-fevral) u 6-oʻrinni egallagan, Einsiedeln va Ziri shaharlarida oʻtkazilgan ikkita Alpen kubogi musobaqalarida u oʻrta-jadvaldagi oʻrinlarni egallagan. Villachda boʻlib oʻtgan FIS Cup musobaqasida (2013-yil 13 va 14-iyul), barcha FIS kuboklari singari changʻida sakrash oʻsmirlar uchun ham cheklanmagan, Hoyau 27-oʻrinni egallagan[3].

Curcheveldagi Yozgi Gran-pri (2013-yil 15-avgust) birinchi xalqaro elita musobaqasi boʻlib, u Fransiya changʻi assotsiatsiyasi FFS (Féderation française de ski) tomonidan fransuz sakrashchilari Lea Lemare, Colin Mattel bilan yonma-yon yangi isteʼdod sifatida nomzod qilib koʻrsatilgan. Shunday qilib, 16 yoshida u bir nechta xalqaro professional sakrashchilarni magʻlub etgan va 34-oʻrinni egallagan(47 ta elita ishtirokchilari orasida).

Hoyau hozirda oʻz shahrining Ski-Gervais togʻ-changʻi klubida oʻynaydi. Uning murabbiyi Thierry Revillod[4]. Marie Hoyau yosh bo'lsada 15 yoshida o'zining birinchi oltin medalini qo'lga kirtigan va 16 yoshida o'zining birinchi rekordini o'rnatgan. Bu natijalar ko'rsatib turibdi ki Marie Hoyau Fransiya terma jamoasining kelajagi. Lekin shunday yuqori natijalarga erishgan bo'lsada Marie Hoyau Olimpiya o'yinlarida qatnashmagan.

Manbalar

tahrir