Marina Shmonina
Marina Konstantinovna Shmonina (1965-yil 9-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – sovet yengil atletikachisi, 4x400 metrga estafetada olimpiada chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1992).
Marina Konstantinovna Shmonina | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | SSSR |
Tavallud sanasi |
9-fevral 1965-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Boʻyi | 164 sm |
Vazni | 51 kg |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Hayoti
tahrirMarina Shmonina 1965-yil 9-fevralda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. 1992-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining estafeta bahslarda qatnashgan. Yelena Ruzina, Lyudmila Jigalova, Olga Nazarova va Olga Brizginalar bilan birgalikda finalda gʻalaba qozonganib, oltin medal bilan taqdirlangan. Shmonina Olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbek sportchisi sifatida eslanadi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „National Olympic Committee of the Republic Of Uzbekistan: Uzbekistan Olympic movementʼs history / BARCELONA 1992“. 2010-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-dekabr.