Mariya Aleksandrovna Shekerova (9-dekabr 1988-yil, Toshkent) – oʻzbek, keyinchalik rossiyalik dzyudochi va sambo kurashchisi, dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempioni va Rossiya chempioni. Dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatlari sovrindori, jahon chempioni, Yevropa kubogi sovrindori[1]. Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi. Pekindagi 2008-yilgi Yozgi Olimpiyada oʻyinlari ishtirokchisi.

Mariya Shekerova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 9-dekabr 1988-yil
Toshkent, OʻzSSR, SSSR
Boʻyi 178 sm
Vazni 104 sm
Sport
Murabbiy(lar)i Viktor Popov, Nikolay Shveykin

Biografiyasi

tahrir

Mariya Shekerova 9-dekabr 1988-yil Toshkent shahrida sportchilar oilasida tavallud topgan. Onasi yadro uloqtirish boʻyyicha sport ustasi, otasi koʻpkurash ustasi boʻlgan. Uning xolasi, amakisi va opalari ham yengil atletikachilar edi. Mariya birinchi sinfdan boshlab taekvondo, ushu, basketbol bilan shugʻullangan. 12 yoshida dzyudo bilan shugʻullana boshlagan va bir yildan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasiga qoʻshilgan[2].

Sportchi 2007-yilda Respublika olimpiya zaxiralari kollejini tamomlagan. 2009-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan Qozon federal universitetining jismoniy tarbiya fakulteti talabasi boʻlgan. Dinamo sport jamiyatini himoya qilgan[3].

Sport natijalari

tahrir

Dzyudo

tahrir

2004-yil dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida (78 kg dan yuqori toifa) –  , 2011-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida (78 kg dan yuqori toifa) –  , 2012-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida –   va 2013-yil dzyudo boʻyicha Rossiya chempionatida –   oʻrinni egallagan.

Mariya Aleksandrovna 2019-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida –  , 2020-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida –  , 2021-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida –   va 2022-yil Sambo boʻyicha Rossiya chempionatida –   oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Plyaj sambosi

tahrir

Mariya Shekerova 2021-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida –  , 2022-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida –   va 2023-yil Plyaj sambosi boʻyicha Rossiya chempionatida –   oʻrin sohibasi boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Aziatskie igri zaversheni“. 2016-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
  2. Mariya Shekerova: „Ya lyublyu ekstrim“[sayt ishlamaydi]
  3. „ЭТО БОЛЬШАЯ ЧЕСТЬ…“. dinamo-tatarstan.ru. Qaraldi: 2016-yil 17-sentyabr.[sayt ishlamaydi]