Mariya Vasilevna Shukshina (1967-yil 27-mayda tugʻilgan, Moskva, SSSR) — sovet va rus aktrisasi, teleboshlovchi; Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2008)[1]. Aktrisa Lidiya Fedoseyeva-Shukshina va aktyor, rejissyor, yozuvchi Vasiliy Shukshinning toʻngʻich qizi.

Mariya
Tavalludi 27-may
Moskva
Fuqaroligi Rossiya Federatsiyasi
Kasbi Aktrisa

Biografiyasi tahrir

U 1967-yil 27-mayda Moskvada tugʻilgan. Olga Shukshinaning katta singlisi (1968-yilda tugʻilgan). Bundan tashqari, 1960-yilda tugʻilgan Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko ismli tugʻishgan opasi ham bor[2].

Bir yarim yoshida u „Birodar“ qissasida ("Gʻalati odamlar" filmi, 1969), 1972-yilda (singlisi Olga bilan birga) — Rastorguevlarning qizlari rollarida rol ijto qilgan. „Pechki-lavochki“ filmida, ikki yildan soʻng esa "Shahar ustidagi qushlar" filmida Masha (Vishnyakovaning qizi) rolini ijro qilgan (rej. S. Nikonenko, 1974). 1984-yilda Alekseevskaya metro bekati yaqinidagi 1531-sonli maktabni tamomlagan.

Chet tillar institutining tarjimonlik fakultetini tamomlagan[3].

1999-yil 12-oktyabrdan 2014-yil 19-dekabrgacha — Birinchi kanalda „Jdi menya“ telekoʻrsatuvining boshlovchisi bo'lgan. 2018-yil 21-yanvardan 3-iyungacha — xuddi shu telekanalda „V gosti po utram“ telekoʻrsatuvi boshlovchisi bo'lgan[4].

2020-yil 13-iyulda u Oʻrta Ural ayollar monastiri va sobiq shegumen Sergius (Romanov) haqidagi hujjatli filmlarini nashr etish uchun Youtube kanalini yaratdi[5].

Ingliz va ispan tillarida so'zlashadi.

Oilasi tahrir

Tugʻishgan singlisi (onasi tomonidan) — Anastasiya Vyacheslavovna Voronina-Fransisko (1960-yilda tugʻilgan).

Opasi — Olga Shukshina (1968-yil 29-iyulda tugʻilgan).

Singlisi (otasi bir) — Shukshina Yekaterina Vasilevna (1965-yilda tugʻilgan).

Birinchi turmush oʻrtogʻi — Artyom Tregubenko, tarjimon. Qizi — Anna Tregubenko (1988-yil 2-iyulda tugʻilgan), VGIK ishlab chiqarish boʻlimida oʻqigan[6]. Nabirasi — Vyacheslav Tregubenko (2014-yil 21-noyabrda tugʻilgan).

Ikkinchi turmush oʻrtogʻi — tadbirkor Aleksey Kasatkin. Oʻgʻli — Makar Kasatkin (1997-yil 20-noyabrda tugʻilgan)[7]. Nabirasi — Mark (2018-yil 20-aprelda tugʻilgan).

Uchinchi turmush oʻrtogʻi — advokat va tadbirkor Boris Vishnyakov[8]. Egizak oʻgʻillari: Tomas va Foka (2005-yil 31-iyulda tugʻilgan).

Filmografiyasi tahrir

Yil Fil’m nomi Roli
1969 Strannie lyudi (novella „Bratka“) Mashenka
1972 Pechki-lavochki doch Rastorguevix (net v titrax)
1974 Ptitsi nad gorodom Masha, doch Vishnyakova
1990 Vechniy muj Katerina Fedoseevna
1995 Amerikanskaya doch Xelen Saymon, mama Enn

Mukofotlari tahrir

 
D. A. Medvedev bilan „Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini berish paytida. 2008-yil

Davlat mukofotlari:

  • II darajali "Vatanga xizmatlari uchun" ordeni (2006-yil 27-noyabr) — milliy televideniye va radioeshittirishni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi va koʻp yillik samarali faoliyati uchun[9]
  • Rossiya Federatsiyasining xizmat koʻrsatgan artisti“ faxriy unvoni (2008-yil 14 iyul) — mahalliy kinoni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun[1]
  • Rossiya Federatsiyasi Prezidentining faxriy yorligʻi (2017-yil 12-dekabr) — milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishdagi xizmatlari, koʻp yillik samarali faoliyati uchun[10]
  • I darajali „Vatanga xizmatlari uchun“ ordeni (2020-yil 23-noyabr) — milliy madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi, koʻp yillik samarali faoliyati uchun[11]

Boshqa mukofotlari:

  • Sankt-Peterburg hukumatining adabiyot, sanʼat va arxitektura sohasidagi 2009-yil uchun „Kino rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ mukofoti (2010-yil 17-iyun) — „Poxoronite menya za plintusom“ filmini yaratgani uchun[12]
  • Nika (2010) — „Poxoronite menya za plintusom“ filmidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa roli uchun
  • „Kemerovo viloyatining 75-yilligi“ yubiley medali (2018-yil 5-mart)[13]
  • Figaro (2022) — „Sanʼat va hayotdagi haqiqat uchun“ nominatsiyasida[14]

Hujjatli Filmlari tahrir

  • Mariya Shukshina. "Menga otam haqida gapirib bering" („Birinchi kanal“, 2009)[15]

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Д. Медведев. „Указ Президента Президента РФ от 14.07.2008 N 1084 О присвоении почётного звания «Заслуженный артист Российской Федерации» Шукшиной М.В.“. Kremlin.ru. Administratsiya Prezidenta Rossii 2017 god (2008-yil 14-iyul). Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  2. Белоусова А. „Интервью с Анастасией Ворониной-Франсишку“. segodnya.ua (2008-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 15-dekabr.
  3. Никита Ловчинский. „Мария Шукшина: «Мужчины ценят лишь деньги, секс и свободу»“. Setevoe izdanie „Rodgor.ru“. Izdatelskiy dom „Volgogradskaya Pravda“ (2015-yil 25-fevral). 2017-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-iyun.
  4. „«В гости по утрам». О проекте“ (ru). www.1tv.ru. Первый канал (2018-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 17-aprel.
  5. Петлинова Н. „Мария Шукшина создала YouTube-канал, чтобы опубликовать фильм об экс-схиигумене Сергии“. 360° (2020-yil 13-iyul).
  6. Ткаченко Т. „Многодетные мамы нашего шоу-бизнеса“. story.com.ua (2010-yil 1-noyabr). 2013-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
  7. „Публикация Мария Шукшина в Instagram • Ноя 20 2017 в 8:59 UTC“ (ru). Instagram. Qaraldi: 2017-yil 21-noyabr.
  8. „43-летняя актриса Мария Шукшина выйдет замуж в четвёртый раз?“. Бульвар Гордона, № 26(270). bulvar.com.ua (2010-yil 29-iyun). 2013-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-avgust.
  9. „Указ Президента Российской Федерации от 27.11.2006 г. № 1316“ (ru). Президент России. Qaraldi: 2020-yil 5-yanvar.
  10. Rasporyajenie Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 12 dekabrya 2017 goda № 428-rp „O pooщrenii“
  11. Ukaz Prezidenta Rossiyskoy Federatsii ot 23 noyabrya 2020 goda № 732 „O nagrajdenii gosudarstvennimi nagradami Rossiyskoy Federatsii“
  12. „Постановление Правительства Санкт-Петербурга от 17 июня 2010 года № 792 «О присуждении премий Правительства Санкт-Петербурга в области литературы, искусства и архитектуры за 2009 год»“. 2017-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-dekabr.
  13. „Надежда Бабкина в Instagram: «Гастроли по Сибири. «Калина Красная» в #Кемерово. Огромный успех! Спасибо за поддержку!»“ (ru). Instagram (2018-yil 9-may). Qaraldi: 2018-yil 19-may.
  14. „В Петербурге названы лауреаты российской актерской премии «Фигаро» имени Андрея Миронова“ (ru). tass.ru. ТАСС (2022-yil 8-mart). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  15. „«Мария Шукшина. Расскажите мне о моём отце». Документальный фильм“ (ru). www.1tv.com. Первый канал (2009-yil 25-iyul). Qaraldi: 2021-yil 31-dekabr.

Havolalar tahrir