Mark Ilyich Blyuvshtyen (1988-yil 20-aprel, Yaroslavl) — kanadalik va isroillik shaxmatchi, grossmeyster (2004), u 16 yoshida Kanadadagi eng yosh shaxmat grossmeysteri, 13 yoshida esa usta(master) boʻlgan.

Mark Blyuvshteyn
Mark Ilich Blyuvshteyn

Tugʻilgan sanasi: 4-aprel 1988-yil (1988-04-04) (36 yosh)
Tugʻilgan joyi: Yaroslav Rossiya
Yashash joyi:  Kanada
Unvoni: Grossmeyster GM-2004-yil
Xalqaro master MM -2001-yil
Maksimal reytingi: 2611 (iyul 2011)
Hozirgi reytingi : 2603608

Biografiyasi tahrir

Mark Blyuvshteynning oilasi Isroilga 5 yoshida Rossiyadan ko‘chib kelishgan. 6 yildan soʻng esa ular Torontoga (Kanada) koʻchib oʻtishgan, 2006-yilda Mark Nyutonbrukdagi oʻrta maktabini tamomlagan.

Markning otasi - sport ustasi nomzodi Ilya Blyuvshtyen Markga murabbiylik qilgan. Blyuvshteyn 10 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Isroil chempioni (1998), 12 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida Isroil chempioni (1999) boʻlgan. Kanadaga koʻchib oʻtgandan soʻng, Blyuvshteyn 11 yoshida National Master unvoniga sazovor boʻldi va bu unvonning eng yosh kanadalik egasi boʻldi. Oʻsha paytda uni shaxmat masteri, olimpiadada Kanada jamoasi aʼzosi, rus shaxmat maktabi vakili, Mark Dvoretskiyning shogirdi Yan Teplitskiy tayyorlagan. Kanadadagi birinchi yirik turnir muvaffaqiyati 2000-yilda, Blyuvshteyn Toronto chempionatida 2-3-oʻrinlarni egallab, faqat FM unvoni sohibi E. Teodoro IVga yutqazgan.

Reyting oʻzgarishi tahrir

Elo oʻzgarishi[1]


Manbalar tahrir

  1. Numbers according to FIDE Elo lists. Data sources: FIDE (period since 2001), OlimpBase (period 1971 to 2001)

Havolalar tahrir