Mark S.Cushman asosiy taqdiqot yoʻnalishi tibbiyot kimyosi boʻlgan amerikalik kimyogar. U 1965-yilda Fresno davlat kolleji (hozir Kaliforniya davlat universititeti)da farmasevtika yoʻnalishini tamomlagan. Shundan soʻng, San-Frassisko shtatidagi Kaliforniya universitetida oʻqib, 1969-yilda Farmasevtika fanlari nomzodi va 1973-yilda Tibbiy Kimyo sohasida Ph.D ilmiy darajasini olgan. Shu bilan birga, Massachusetts texnologiya institutida (MIT) George Buchi labaratoriyasida postdoktorlik mashgʻulotlarida qatnashgan. U yerda, Aspergillus nigerdan mikotoksinlarni ajratib olish va yangi sintetik metadalogiyani rivojlanishini oʻrganish uning asosi tadqiqot mavzusi boʻlgan va bor eʼtiborini shunga qaratgan. 1975-yilda Purdue universititetining Tibbiyot Kimyosi va Molekular Farmakologiya bo'limida o'qigan. Professor Cushman 1983-yildan 1984-yilgacha Munich texnika universititetida "Fulbright" dasturi olimi sifatida, Prifessor Adelbert Bacherning labaratoriyasida ishlagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Mark Cushman 1945-yilning 20-avgust sanasida Kaliforniya shtatining Fresno shahrida dunyoga kelgan. Uning ulgʻayish davrida bobosi, Stanley Borleske, asosiy taʼsir koʻsatgan inson edi. Bobosi Fresno davlat kollejida matematika va muhandislik asoslari fanidan dars bergan. Shu bilan birga, S.Borleske, Fresno kollejida futbol, basketbol va beysbol oʻyinlarida bosh murabbiy boʻlib ishlagan. Bobosi Markning futbolga boʻlgan muhabbatini uygʻotishdan tashqari, mentorlik, mehnatsevarlik, har bir narsaga eʼtiborli boʻlish, rejalashtirish, axloq va oʻqib-oʻrganishga boʻlgan muhabbat kabi fazilatlarga ega insonning yorqin namunasi boʻlgan. Shunday xislatlar Professor Cushmanda ham boʻlgan. [1]

Mukofot va unvonlar

tahrir

Professor Cushman turli mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan:

  • Purdue universiteti fan va muhandislik sohasidagi Sigma Xi tadqiqot mukofoti (2019) [2]
  • Milliy akademiya aʼzosi (2018) [3]
  • Medicinal Chemistry (2017) jurnalida yuqori malakali muallif [4]
  • Kaliforniya universitetining 150-bitiruvchilari uchun mukofoti (2015) [5]
  • Ilm-fanni rivojlantirish Amerika assotsiatsiyasi aʼzosi (2012) [6]
  • Tadqiqotlar uchun „Chaney Scholar“ mukofoti (2012) [7]
  • Purdue Saraton tadqiqoti mukofoti (2004) [8]
  • Milliy sogʻliqni saqlash institutlari doktorlikdan keyingi stipendiya (1973-1975) [9]
  • Fulbright dasturi olimi (1983–1984) [9]

Manbalar

tahrir
  1. Conda-Sheridan, Martin (2019). "Editorial page, special issue honoring Professor Mark Cushman" (en). Medicinal Research Reviews 39 (4): 1233–1234. doi:10.1002/med.21583. ISSN 1098-1128. PMID 31194276. 
  2. „Purdue University Chapter of Sigma Xi Research Award in Science and Engineering“.
  3. „National Academy of Inventors Fellow“. 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  4. „Highly Prolific Author by the Journal of Medicinal Chemistry“. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  5. „University of California San Francisco 150th Anniversary Alumni Excellence Award“. 2022-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  6. „American Association for the Advancement of Science Fellowship Award“.
  7. „Chaney Scholar Award for Exceptional Research“.
  8. „Purdue Cancer Research Award“. 2023-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 „Purdue trustees ratify appointments, honor administrators and athletes, confirm retirement plan change, approve coal purchase“. www.purdue.edu. 2021-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-avgust.