Mark Katic (talaffuzi: Mark Katich, 1989-yil 9-mayda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Katic ayni damda Deutsche Eishockey Ligasi (DEL)da Adler Mannheim jamoasida oʻynamoqda. U faoliyatining boshidaMilliy xokkey ligasining (NHL) New York Islanders jamoasida oʻynagan. Katic xorvat millatidan[1].

Mark Katic
Tugʻilgan joyi 9-may 1989-yil (1989-05-09) (34 yosh)
Timmins, Ontario, Canada
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi Himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
DEL
Sobiq jamoalar
Adler Mannheim
New York Islanders
Eisbären Berlin
KHL Medveščak Zagreb
Skellefteå AIK
NHLga kirish drafti 62-oʻrin, 2007
New York Islanders
Jamoalardagi faoliyat 2009—hozirgacha

Jamoalardagi oʻyin faoliyati tahrir

Katic New York Islanders jamoasi tomonidan 2007-yilgi NHL draftining uchinchi bosqichida (umumiy 62-oʻrin) jamoa tarkibiga tanlangan.

U NHLdagi debyutini 2011-yil 24-fevralda Bridgeport Sound Tigers jamoasi tarkibida Philadelphia Flyersga qarshi safar oʻyinida amalga oshirgan. Oʻzining NHLdagi birinchi oʻyinida u jamoaning birinchi goliga assistentlik qilgan va Islanders jamoasini 4:3 hisobida magʻlub etgan[2].

2012-yilning 4-iyulida Katic olti karra Germaniya chempioni Eisbären Berlin jamoasi bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[3]. U Eisbaren jamoasiga 2012—2013-yilgi Germaniya milliy chempionatida gʻalaba qozonishga yordam bergan.

2013-yil 12-iyunda Katic KHLning eng yangi xorvatiyalik azosi sifatida Medveščak Zagreb jamoasi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilgan[4]. 2016-yil dekabr oyida Katic Kanada jamoasi bilan Spengler kubogini qoʻlga kiritgan[5]. U 2017-yilning 13-fevralida Zagreb jamoasini tark etgan va Shvetsiya Xokkey Ligasining (SHL) Skellefteå AIK jamoasi bilan shartnoma imzolagan[6]. 2017—2018-yilgi mavsumda Katic SHLda kumush medalni qoʻlga kiritgan.

2018-yilning aprel oyida Katic Germaniyaning DEL jamoasi Adler Mannheim jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[7].

Jamoalardagi faoliyat statistikasi tahrir

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2005—2006 Sarnia Sting OHL 51 5 29 34 33
2006—2007 Sarnia Sting OHL 68 5 35 40 31 4 1 3 4 8
2007—2008 Sarnia Sting OHL 45 5 26 31 28 6 0 3 3 8
2008—2009 Sarnia Sting OHL 63 13 41 54 45 4 1 0 1 6
2009—2010 Bridgeport Sound Tigers AHL 48 3 11 14 16
2010—2011 Bridgeport Sound Tigers AHL 63 4 26 30 37
2010—2011 New York Islanders NHL 11 0 1 1 4
2011—2012 Bridgeport Sound Tigers AHL 14 0 4 4 6 1 0 0 0 0
2012—2013 Eisbären Berlin DEL 47 6 13 19 22 13 1 0 1 0
2013—2014 KHL Medveščak Zagreb KHL 44 1 10 11 18 4 0 0 0 32
2014—2015 KHL Medveščak Zagreb KHL 32 4 5 9 37
2015—2016 KHL Medveščak Zagreb KHL 52 3 7 10 8
2016—2017 KHL Medveščak Zagreb KHL 57 6 20 26 24
2016—2017 Skellefteå AIK SHL 4 0 2 2 25 7 1 0 1 0
2017—2018 Skellefteå AIK SHL 51 4 17 21 28 16 0 3 3 2
2018—2019 Adler Mannheim DEL 51 3 29 32 0 14 4 10 14 2
2019—2020 Adler Mannheim DEL 51 6 30 36 4
NHLdagi umumiy ochkolari 11 0 1 1 4

Mukofot va unvonlari tahrir

Mukofot Yil
OHL
Barcha yangi oʻyinchilar jamoasi 2006 [8]
CHL eng yaxshi istiqbollari oʻyini 2007
DEL
Chempion (Eisbären Berlin) 2013
Chempion (Adler Mannheim) 2019 [9]
Xalqaro
Spengler kubogi 2016 [10]

Manbalar tahrir

  1. „Moving large madness NHL“ (xorvatcha). tportal.hr (4-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2011-yil.
  2. „Katic makes NHL debut with Islanders“. Timmins Daily Press (24-fevral 2011-yil). 2011-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-fevral 2011-yil.
  3. „Katic and Foy join Eisbären“ (olmoncha). Eisbären Berlin (4-iyul 2012-yil). 2012-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  4. „Katic, another "Bear" with croatian ancestry“ (xorvatcha). hrsport.net (12-iyun 2013-yil). 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2013-yil.
  5. „Team Canada wins Spengler Cup“. www.medvescak.com. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil. [sayt ishlamaydi]
  6. „Skellefteå AIK värvar från KHL - Skellefteå AIK Hockey“ (shvedcha). www.skellefteaaik.se. Qaraldi: 13-fevral 2017-yil.
  7. „Adler nehmen Mark Katic unter Vertrag“ (de-DE). www.adler-mannheim.de. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
  8. National Hockey League. The National Hockey League Official Guide & Record Book/2011. Triumph Books, 2010 — 305 bet. ISBN 978-1-60078-422-4. 
  9. „Adler Mannheim wins DEL“. IIHF (27-aprel 2019-yil). Qaraldi: 27-aprel 2019-yil.
  10. „Timmins' Mark Katic spengler cup champion“. kisstimmins.com (3-aprel 2016-yil). Qaraldi: 3-aprel 2016-yil.