Markaziy Osiyo karvonsaroylari
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Oʻrta Osiyo madrasalari—8-asr oxiri – 9-asr boshlarida Oʻrta Osiyodagi oliy oʻquv yurtlari va mahalliy meʼmorlik hodisasi. Oʻrta Osiyoda oliy taʼlim Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʻqon, Toshkent shahridagi madrasalarda olingan. Bir necha asrlar davomida Oʻrta Osiyo madrasalarining arxitektura tuzilishida bir xillik kuzatilgan. Madrasalar ixcham toʻrtburchak va hovlili monumental inshootlar shaklida boʻlib, ular atrofida binoga kirish qismi hamda ikki yoki toʻrtta eksenel ayvonlarning arkalari joylashgan. Asosiy bino, odatda tashqi kirish yoʻlagi bilan boshlanib uning yon tomonlarida ikkita gumbazli zal – qishki masjid va maʼruzaxona yoki maqbara joylashgan. Ushbu bino tuzilishida oʻlchamiga, nisbatiga va tafsilotlariga qarab turli xil meʼmoriy oʻziga xosliklarda mujassamlangan. Oʻrta Osiyoda madrasalarining XV asrdagi binolari saqlanib qolmagan. Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan barcha madrasalar sinfxonalar (darsxona) va masjidlardan tashqari, talabalar va oʻqituvchilar uchun turar joylarni oʻz ichiga olgan. Madrasalar oʻquv va namoz xonalari yotoqxona bilan bogʻlangan boʻlgan. Ularning koʻpchiligida maxsus ajratilgan xonaga ega kutubxona (kitabxona) mavjud edi. U yerda kutubxonachilikning barcha qoidalariga rioya qilingan holda ishlar olib borilgan. (roʻyxatga olish, kitoblarni kitobga berish va olish, taʼmirlash, restavratsiya qilish va boshqalar). Bu kutubxonalar uchun koʻchar va koʻchmas mulklarqatorida vaqf mablagʻlar ajratilgan. Oʻrta Osiyoda musulmon Sharqining boshqa davlatlaridan farqli oʻlaroq, majmuada masjid tomonidan shifoxonalar qurilmagan. Oʻz dorixonalariga ega boʻlgan kasalxonalar asosan madrasalar yonida qurilib, shifoxonalar bilan birga tibbiyot bilim yurtini tashkil qilgan. Dorixonalari boʻlgan kasalxonalar asosan madrasa yonida qurilib, tibbiyot bilim yurti ni tashkil qilgan. Kasalxona, dorixona va madrasa bir binoda joylashtirilish holatlari ham kuzatilgan. Tarixchi Hondamirning yozishicha, oʻsha davr shifoxonalarining binosi madrasaga oʻxshagan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |