Markaziy ustoni
Markaziy ustoni — Eron ustonlaridan biridir. U shimoldan Qazvin ustoni va Tehron ustoni, janubdan Luriston ustoni, sharqdan Qum ustoni va gʻarbdan Hamadon ustoni bilan chegaradosh. Ustonda 11 ta tuman, 62 ta qishloq va 29 ta shahar mavjud. Arok, Xamin, Sova, Mahallot, Delijon, Kamijon va Azno uston tarkibidagi shaharlardir. Eron ustonlarining orasida joylashgani sababli uston nomi Markaziydir. Tarixiy manbalarga koʻra Markaziy ustoni yerlari mil.avv. 1-ming yillikda Katta Mod tarkibiga kirgan.
Uston | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Arok |
Yirik shahari | Arok |
Rasmiy tili | forscha |
Aholi | 1 351 257 |
Maydoni |
29 127 km² (oʻ %) |
Xaritada | |
34°37′7″N 49°56′39″E / 34.61861°N 49.94417°E |
Ustonning tabiati
tahrirTogʻlar vs tekisliklardan iborat. Markaziy va Zagros togʻlari ustonning eng muhim togʻlaridan hisoblanadi. Markaziy ustonini Alburs va Zagros togʻi tizmalarining toʻqnashuvi desa boʻladi. Qadimda Markaziy ustonida keng oʻrmonlar boʻlgan, lekin hozirda mavjud emas. Faqatgina Sarband shaharchasida nisbatan quyuq oʻrmonlar bor.
Daryolari
tahrirHozirda bu yerdagi katta anhorlar, daryolar va boshqa suv havzalaridan jami suv miqdori 4,2 mlrd.m³ ni tashkil etadi va uning 50 foizi qishloq xoʻjaligiga sarflanadi. Qarachoy, Zarrinrud, Laʼlrud, Xonsor va Xamin daryolari ustonning eng muhim daryolari hisoblanadi.
Tili
tahrirMarkaziy ustonining aholisi asosan fors tilidan soʻzlashadi, ammo baʼzi bir qishloqlarda turkiy, kurd va arman tillarida ham soʻzlashadilar.
Diqatga sazovor joylar
tahrirMarkaziy ustonda Nahjir gʻori, Chahorfasl hammomi, Safedxoniy gʻori, Xorxe ibodatxonasi, Mahallot otashkadasi, Nimvar koʻprigi, Miqon koʻli turistik ahamiyatga ega [1].
Manbalar
tahrir- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 255-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.