Marko Polo haykali
Marko Polo haykali (moʻgʻ.: Марко Пологийн хөшөө) — venesiyalik savdogar va yuan mulozimi Marko Polo xotirasiga qoʻyilgan haykal. Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Batorning markazida oʻrnatilgan.
Tarixi
tahrirYodgorlik haykaltarosh B. Denzenning eskizi boʻyicha qisman shahar byudjeti mablagʻi, qisman esa shaxsiy xayriya mablagʻlari hisobidan oʻrnatilgan. U Chingizxon maydonining sharqiy tomonida joylashgan Markaziy minora oldidagi kichik xiyobonga oʻrnatilgan. Haykal mamlakat diplomatik xizmatining 100 yilligi munosabati bilan 2011-yil 5-dekabrda ochildi[1]. Poytaxtning qoq markazida, yaʼni Hukumat saroyidan uncha uzoq boʻlmagan joyda xorijlik elchiga yodgorlik oʻrnatish zarurati ayrim fuqarolarning tushunmovchiligiga ham sabab boʻldi.
Tavsifi
tahrirHaykal tagkursi ustida joylashgan. Marko Polo Yevropa uslubidagi zirhlarni kiygan holda tasvirlangan; uning oʻng yelkasida ovchi lochin oʻrnashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „«Central tower»-ын өмнө Марко Полог залав“. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-mart.