Marmeladli ayiqchalar
Marmeladli ayiqchalar (nemischada Gummibär) – baʼzi ingliz tilida soʻzlashadigan davlatlarda jelly baby nomi bilan tanilgan. Shirinlik taxminan 2sm uzunlikda va ayiq shaklida boʻladi.
Marmeladli ayiqchalar birinchi bo'lib Haribo tomonidan ishlab chiqarilgan. | |
Turi | Marmeladli ayiqcha |
---|---|
Asosiy komponentlari | jelatin, shakar, glyukoza siropi, kraxmal, hid beruvchi vosita, oziq-ovqat bo'yoqlari, limon kislotasi |
Tarixi
tahrirMarmeladl ayiqlar – ilk bor Germaniyada oʻylab topilgan. Birinchi boʻlib Marmeladli ayiqlarni tayyorlashda Aqoqiyo oʻsimligidan foydalanilgan. Bonn Hans Riegel Sr. 1920-yilda Harib kompaniyasini tashkil qilgan. 1922-yilda, u Yevropa koʻchalarida boʻlayotgan bayram, tadbirlardan ilhomlanib bolalar va kattalar uchun ham uzun lenta koʻrinishidagi jelatinli shirinliklarni ishlab chiqara boshlagan. Keyinchalik shirinliklarni ayiq shaklida ham ishlab chiqarishni boshlagan[1]. 1967-yili Hariboning Gold-Bears shirinligi butun dunyo boʻyicha mashxurlikka erishgan[1]
Turli xildagi shakli va oʻlchamlari
tahrirMarmeladli ayiqchalarining muvafaqqiyatli sotuvidan soʻng kompaniya boshqa shakllardagi jelatinli shirinliklarni ham chiqarishni boshlagan. jumladan: ilon, mevalar, oʻrgimchak, qurbaqa, qanot va boshqa shakllarda ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchilar keyinchalik maxsulotni oʻlchamini ham oʻzgartirib katta oʻlchamdagi jelotinli shirinliklar ishlab chiqarishni yoʻlgan qoʻygan[2].
Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Marmeladli ayiqchalar besh xil rang va tamga ega ular: qizil (pomidor), olovrang (mandarin), yashil (qulpinoy), rangsiz (ananas) va sariq (limon)[3][4].
Ishlab chiqarish
tahrirAnʼanaviy Marmeladli ayiqchani tayyorlash uchun shakar, glyukoz siropi, starch, hid beruvchi vosita, oziq-ovqat boʻyoqi, sitrik kislotasi va jelatin aralashmasi kerak boʻladi. Biroq shakarsiz va diniy shirinliklar tayyorlash uchun retseptda bir oz oʻzgarishlar boʻlishi mumkin.
Ishlab chiqarishda Starch mogul nomli mashinadan foydalaniladi. Ayiq tasviri tushirilgan qolip kraxmal bilan toʻldirilgan patnisga bosiladi. Issiq suyuqlik aralashmasi kraxmalli patnislarga tushirilgan qoliplarga quyiladi va qotirish uchun bir kechaga tindirib qoʻyiladi. Shirinliklar qotganidan soʻng qolipdan chiqarib qadoqlanadi[5]. Shirinlikning old qismi ayiq shaklida orqa tomonidan boʻlsa tekkis boʻladi. Har bir koʻrinish uchun rassom tomonidan gipsga shakl chiziladi va koʻpaytirish uchun mashinaga solinadi[5].
Tarkibida Choʻchqa, baliqdan olingan moddadan foydalanib tayyorlangan marmeladli ayiqchalar vegaterianlar va veganlar uchun mos kelmaydi. Choʻchqadan yoki soʻyilmagan hayvonlardan olingan jelatin halol hisoblanmaydi va baʼzi dinlarda taqiqlangan. Turkiyadagi Haribo kompaniyasi jelatinni musulmonlarda halol hisoblangan hayvonlardan olib ishlatadi[3]. Shuningdek baʼzi Marmeladli ayiqlarda jelatin oʻrniga pestin yoki starch ishlatiladi va bu turdagi shirinliklar vegeterianlar uchun mos keladi.
Sogʻliqni saqlash masalalari
tahrirAvvallari Marmeladli ayiqlar shirinliklarida deyarli kaloriya boʻlmagan ammo vaqt oʻtishi bilan shirinliklarga C vitamini qoʻshilishi boshlangan[6]. Oʻzida vitaminlarni jamlagan Marmeladli ayiqlar bolalarni vitaminlarni qabul qilishini osonlashtirgan.
Marmeladli ayiqlar tishlarga yopishib qolishi va natijada tishlarni chirishiga olib kelishi mumkin[7]. Trolli kompaniyasi chiqargan Marmeladli ayiqchalarning „acti-line“ turi tishlarning immun tizimini yaxshilashini taʼkidlagan[8].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „1922 – The DANCING BEAR is born“. 2015-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-avgust.
- ↑ „World's largest Gummy Bear goes on sale“. NewsLite.tv (2009-yil 22-sentyabr). 2011-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Haribo official FAQ“. 2009-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 19-oktyabr.
- ↑ „Trolli Classic Bears“. Trolli. 2013-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 5,0 5,1 „Food Editorials“. Streetdirectory.com. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ „Product Detail: Bear Essentials – Multi Vitamin Gummi Bears“ (2006-yil 28-mart). 2006-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ „Family Dental, Family Dental Plan, Family Dental Insurance“. Dentalplans.lifetips.com. Qaraldi: 2013-yil 21-may.
- ↑ www.dooyoo.de. „"Zahnpflege mit Fruchtgummibären - Trolli Actident" Testbericht“. Dooyoo.de (2009-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2013-yil 21-may.