Martin Haydegger
Martin Haydegger (1889.26.9 — Meskirx, Baden - 1976.26.5) — nemis faylasufi-ekzi-stensialist. 1928—45 yillarda Freyburg, keyin Breysgau untlarida professor Gusserlnint shogirdi va izdoshi boʻlgan boʻlsa-da, asta-sekin undan uzoklasha bordi. Borliq haqidagi taʼlimot ("fundamental ontologiya")ni rivojlantirdi; bu taʼlimot asosida haqiqiy mavjudlik (ekzistensiya) bilan kundalik. oddiy dunyoni qarama-qarshi qoʻyish yotadi; H. fikricha, borliqning maʼnosini anglab yetish inson mavjudligining bebaqoligini fahmlash bilan bogʻliqdir. H.ga koʻra, borliqning, inson shaklining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, u nafaqat borliqning boshqa koʻrinishlarini, balki oʻzini oʻzi bilishga ham qodir. Shuningdek, inson borliqning boshqa shakllari bilan turli munosabatlar oʻrnatish xususiyatiga ega. Shuning uchun ham bunday borliq, yaʼni inson ekzistensiyasi — ontologiyaning poy-devori boʻlmogʻi kerak. H. taʼlimoti va u yaratgan oʻziga xos atamalar hozirgi zamon tafakkuri, xususan Yevropa fal-safasi uchun kuchli turtki boʻldi.
Asosiy asarlari
tahrir- "Borliq va zamon" (1927);
- "Kant va metafizika muammosi" (1929);
- "Zamon olam manzarasida" (1938);
- "Burilish" (1949);
- "Texnika haqidagi masala" (1953);
- "Metafizi-kaga kirish" (1953).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |