Martinika
Martinika (fr.Martinique) — Kichik Antil orollari arxipelagining markaziy qismidagi orol, Atlantika okeanining Karib dengizida joylashgan. Maʼmuriy jihatdan Fransiyaning bu mintaqasi va ayni paytda dengiortidagi departamentdir (département d’outre-mer, yoki DOM). Prefekt tomonidan boshqariladigan Bosh kengash mavjud. Martinika Fransiya Milliy Majlisining 4 aʼzosini va 2 ta fransuz senatorini saylaydi. Orolning poytaxti – Fort-de-Frans. Hududi – 1128 km². 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, aholi 392 291 kishi (asosan qora tanlilar va mulatlar yashaydi).
Martinika Departamenti fr.Collectivité Territoriale de Martinique
| |
---|---|
Shior: La collective au service du pays | |
Madhiya: Ansanm | |
Poytaxt | For-de-Frans |
Rasmiy til(lar) | Fransuzcha |
Hukumat | |
• Prezident kengashi raisi |
Serj Lichimi |
• Prefekt |
Stanislas Kazey |
• Tashkil topgan |
1946-yil |
Maydon | |
• Butun |
1,128 km2 |
Aholi | |
• 2020-yilgi roʻyxat |
361 225 kishi |
• Zichlik | 320/km2 |
Pul birligi | Yevro |
Vaqt mintaqasi | UTC−4:00 |
Qisqartma | MQ |
Telefon prefiksi | +596 |
Internet domeni | .mq |
Geografik joylashuvi va tabiati
tahrirMartinika – Karib dengizidagi Kichik Antil orollari arxipelagida, Shimoliy va Janubiy Amerika oraligʻida joylashgan. Pasttekisliklardan iborat vodiyda vulqonlar koʻp. Faol Montan-Pele vulqoni 1851, 1902, 1930-yillari harakatga kelgan.
Iqlimi - tropik, passatli. Tez-tez dovullar boʻlib turadi. Palma, qizil daraxt, mango, paparotniklar oʻsadi. Turli-tuman qushlar (toʻtiqush, kolibri), xasharotlar koʻp.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari
tahrirFransiyaning Dengizorti departamenti. Davlat boshligʻi – Fransiya prezidenti nomidan prefekt. Hukumat boshligʻi - Bosh kengash prezidenti. Martinika 2 ta okrugga boʻlinadi. Siyosiy partiyalari: Fransiya partiyalarining mahalliy boʻlinmalari - Respublikani qoʻllab-quvvatlash birlashmasi, Fransiya sotsialistik partiyasi, Martinika sotsialistik federatsiyasi, Martinika kommunistik partiyasi, Martinika kuchi, Martinika progressiv partiyasi va boshqalar.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari
tahrirIqtisodining negizini qishloq xoʻjaligi va turizm tashkil etadi. Rom, shakar, poligrafiya, toʻkimachilik, sement, neftni qayta ishlash korxonalari mavjud. Shakarqamish, ananas, banan yetishtiriladi. Chorvachilik va baliqchilik rivojlangan. 2010-yilda YAIM mikdori 6153 mln (aholi jon boshiga — 14500) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gvadelupa, Yaponiya. Martinikada Lamanten xalqaro aeroporti mavjud.
Tarixi
tahrir1493-yili X.Kolumb kariblar yashayotgan bu orolni kashf qildi. 1635-yildan fransuzlar bosqini boshlandi. Ular mahalliy hindu qabilalarini kirib tashlab, orolga afrikalik qullarni olib kirishdi. 1762 va 1794—1815-yillar ingliz mustamlakachiligi davri. 1848-yili qullik bekor qilingan. 1946-yili Martinika Fransiyaning dengizorti departamenti maqomini oldi.
Manba
tahrir- Prefect vebsayti (fransuzcha)
- Departament vebsayti (Wayback Machine saytida 2020-05-31 sanasida arxivlangan) (fransuzcha)