Marusya Churay
Marusya Churay (1625—) — Xmelnitskiy davrining yarim afsonaviy ukrain xalq qoʻshiqchisi va shoirasi, afsonaga koʻra Poltavada yashagan.
Marusya Churay | |
---|---|
Tavalludi |
1625 |
Vafoti |
1653 Poltava |
Taxallusi | Marusya Churaivna |
Ijod qilgan tillari | ukrain tili |
Fuqaroligi | Crown of the Kingdom of Poland |
Marusya Churay bir qator qoʻshiqlarning muallifi hisoblanadi: „Oy, ne xodi, Gritsyu“, „Kotilisya vozi z gori“, „Zasvіt vstali kozachenki“. Marusya Churaivna nomi bilan ham tanilgan.
Biografiyasi
tahrirAfsonaga koʻra, Marusya Churay 1625-yilda kazaklar yuzboshisi Gordey oilasida tugʻilgan.
Pavlyuk bilan birga qatl etilgan otasining oʻlimidan soʻng, onasi bilan Poltavada yashash uchun qoladi. Yoshligida qizning koʻplab muxlislari boʻlgan, ular yosh kazak Ivan Iskraga bor edi, lekin Poltava polki bayroqdorining oʻgʻli, emikdoshi Grits Bobrenko bilan yashirncha unashtiriladi. 1649-yilda Xmelnitskiy qoʻzgʻolini boshlanganda, Grits qaytishga vaʼda berib, urushga ketadi. Qiz uni 4 yil davomida kutgan. Ammo Poltavaga qaytib kelgan, Grits endi Marusyaga eʼtibor bermaydi, chunki u boshqasini, yaʼni badavlat poltavalik Martin Pushkarning jiyani Galya Vishniyakni sevib qolib, unga uylangan. Marusya Churay bunday yoʻqotishga chiday olmaydi va oʻzini zaharlashga qaror qildi, ammo tasodifan zaharni Gits ichib yuboradi (boshqa versiyaga koʻra esa Marusya Churay uni ataylab zaharlagan).
1652-yil yozida Poltava sudi Marusyani oʻlimga hukm qiladi. Hukm matni Ukraina Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasidagi XV—XVII asrlardagi kazak qonunchiligi materiallarida saqlanmoqda. Bu Marusya Churayning mavjudligi ekanligining yagona dalilidir. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Ivan Iskra Churayning otasi qilgan xizmatlari sababli Xmelnitskiyning afv maktubini qatl etilish joyiga olib kelib, topshirgan.
Marusya Churay 28 yoshida 1653-yilda Poltavada avf etilganidan koʻp oʻtmay sil kasalligidan vafot etgan yoki monastirlardan birining rohibasi boʻlgan[1].
Ushbu afsona asosida Lina Kostenkoning „Marusya Churay“ romani yozilgan. Asar yozuvchi Grigoriy Borakovskiyning „Marusya Churay — ukrainskaya pesnetvorka“ (1887) tarixiy dramasi asosida yaratilgan[2].
Qoʻshiqlari
tahrirShoira 20 ga yaqin qo'shiq muallifi. Quyidagi mashhur qoʻshiqlari:
- „Yak s toboyu mi spoznavalis“
- „Chi ti, miliy, pilom pripav“
- „Shumit gude dіbrovonka“
- „Zelenenkiy barvіnochku“
- „Nad moyeyu xatinoyu“
- „Na gorodі verba ryasna“
- „Chom ne gudut buynі vіtri“
- „Chogo j voda kalamutna“
- „V kіnsі greblі shumlyat verbi“
- „Letit galka cherez balku“
Xotira
tahrir2006-yil 14-aprelda N. V. Gogol nomidagi Poltava viloyat musiqali drama teatri binosi oldida, Lenin koʻchasidagi Teatralnaya maydonida afsonaviy Marusa Churay haykali oʻrnatilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Чурай, Маруся“. histpol.pl.ua. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
- ↑ Галина Пивоварова. „Григорій Бораковський: драматург за покликанням“ (uk). www.dnipro.libr.dp.ua. 2023-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.