Mary Kramer
Mary E. Kramer (1935-yil 14-iyunda tugʻilgan) — sobiq Respublikachi Ayova shtati senatori, 1990-yildan 2003-yilgacha xizmat qilgan. U 1997-yilda Senat prezidenti etib saylangan va bu lavozimni egallagan birinchi mustaqil ayol boʻlgan. 2003-yilda Kramer prezident George Bush tomonidan AQShning Barbados va Sharqiy Karib havzasidagi elchisi lavozimiga tayinlangan, u Qoʻshma Shtatlar Senati tomonidan tasdiqlangan va 2004--yildan 2006-yilgacha xizmat qilgan.
Mary Kramer | |
---|---|
Qo'shma Shtatlarning Barbados va Sharqiy Karib havzasidagi elchisi | |
Mansab davri 2004-yil 30-mart – 2006-yil 30-oktyabr | |
Prezident | George W. Bush |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1935 -il 14-iyun [Burlington]], Ayova, AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachi |
Turmush oʻrtogʻi | Kay Kramer |
Bolalari | 2 ta |
Taʼlim | Ayova universiteti |
Kasbi | O'qituvchi, siyosatchi, diplomat |
Hayoti
tahrirMary Kramer Ayova shtatining Burlington shahrida tugʻilgan va Ayova shahrida oʻsgan. U Ayova universitetida pianino ijrochiligi boʻyicha sanʼat bakalavri shuningdek, Ayova universitetida taʼlim boʻyicha magistri darajasiga ega.
Taxminan yigirma yil davomida Kramer Ayova shtatida oʻqituvchi va maktab maʼmuri boʻlib ishlagan. 1975-yilda u korporativ sektorga kirib, Younkers, Inc. korporativ kadrlar direktori boʻldi. U 1981-yilda Wellmark Blue Cross va Blue Shield kompaniyasiga qoʻshildi va kompaniyadagi oʻn sakkiz yil davomida HR (Human resourse) boʻyicha vitse-prezident va jamoat investitsiyalari boʻyicha vitse-prezident lavozimlarida ishladi.
Siyosiy martaba
tahrirKramerning siyosiy faoliyati 1990-yilda u Klayv, Des Moyn va Gʻarbiy Des Moynlar vakili sifatida Ayova shtati Senatiga birinchi marta saylanganida boshlangan. Uning alohida qiziqishlari taʼlim, iqtisodiy rivojlanish va sogʻliqni saqlash sohalarida edi.
2002-yilda Prezident George Bush Kramerni Oq uyning Prezident stipendiyalari komissiyasi raisi etib tayinladi va 2003--yilda Prezident uni Sharqiy Karib dengizidagi yetti orol davlatiga Qoʻshma Shtatlar elchisi etib tayinladi[1]. Kramer oxirgi lavozimni 2004-yildan 2006-yilda nafaqaga chiqqunga qadar egallab kelgan[2].
Shaxsiy hayoti
tahrirKramer va uning marhum eri Kay Kramer 1958-yilda turmush qurishdi. Ularning bir oʻgʻil, bir qizi, toʻrt nabirasi bor. Kay Kramer 2018-yil noyabr oyida vafot etdi[3].
Kramer jamoat ishlarida faol qolmoqda va hozirda siyosatdagi tajribalari haqida xotiralar ustida ishlamoqda[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Council of American Ambassadors Membership“. 2010-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2009-yil.
- ↑ „Mary E. Kramer“. Iowa Commission on the Status of Women. 2012-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2009-yil.
- ↑ „Council of American Ambassadors Membership“. 2010-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2009-yil.
- ↑ „Legislators“.[sayt ishlamaydi]