Maryam Yoqubova (oʻqituvchi)

oʻzbek sobiq o‘qituvchisi

Maryam Yoqubova (1931-yil 12-may, Urganch, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek oʻqituvchisi[1][2].

Maryam Yaqubova
Tavalludi 12-may 1931-yil
Vafoti 10-aprel 2018
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi oʻqituvchi

Maryam Yoqubova 1931-yil 12-mayda Urganch shahrida tugʻilgan. 19381948-yillarda Urganchdagi 1-oʻrta maktabda tahsil olgan. 19481952-yillarda Xorazm davlat pedagogika institutini matematika, fizika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha imtiyozli diplom bilan tugatib, oʻz shahridagi 1-maktabga ishlash uchun qaytib keldi. Bu maktabda 1958-yilgacha matematika-fizika oʻqituvchisi boʻlib ishlay boshlagan. 1958-yilda Urganch shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudiri etib tayinlandi va bu lavozimda 1962-yiilgacha ishlagan. 19621992-yillarda Urganch shahar 94-sonli sogʻlomlashtirish internat maktabining direktori boʻlib ishlagan[1][2][3]. Maryam Yoqubova direktorlik qilgan internat maktab respublikadagi namunaviy ta’lim-tarbiya maskanlaridan biriga aylandi[1].

Maryam Yoqubova oʻz faoliyati davomida xalq taʼlimi sohasidagi xizmatlari uchun koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. 1958-yilda Oʻzbekiston Xalq taʼlimi aʼlochisi, 1959-yilda Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi, 1960-yilda Hurmat belgisi ordeni, 1966-yilda esa Lenin ordeni bilan taqdirlangan. 1970-yilda Maryam Yoqubova yubiley medal, 1978-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi unvoniga sazovor boʻlgan. 1986-yilda SSSR xalq oʻqituvchisi unvoni, 1991-yilda „Oʻzbekiston Mustaqilligi“ esdalik nishoni, 2016-yilda esa „Oʻzbekiston Mustaqilligining 25 yilligi“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Yana taʼlimdagi yutuqlari uchun Maryam Yoqubova Oʻzbekiston SSR Prezidiumi ordeni va boshqa ordenlar bilan taqdirlangan[1][2][3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 "ЁҚУБОВА Марям" (uz). National Encyclopedia of Uzbekistan. Tashkent: National Encyclopedia of Uzbekistan State Scientific Publishing House. 2000–2005. https://n.ziyouz.com/books/uzbekiston_milliy_ensiklopediyasi/O'zbekiston%20Milliy%20Ensiklopediyasi%20-%20Yo%20harfi.pdf. 
  2. 2,0 2,1 2,2 „Марямжон Якубованинг расмий сайти“. maryamyoqubova.uz. 2017-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  3. 3,0 3,1 „People's educator Maryam Yakubova“. Urgench State University. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.