Maserati Sp. A. (qisqacha: Maserati — talaffuzi: Mazerati — italyan kompaniyasi, eksklyuziv sport va biznes-klass avtomobillarini ishlab chiqaruvchi. 1914 yilda Italiyaning Bolonya shahrida tashkil etilgan. Kompaniyaning emblemasi Boloniyadagi Neptun favvorasining elementi boʻlgan Poseidon uch tishli ayrisi. Bosh ofisi Italiyaning Modena shahrida joylashgan. Hozirda kompaniya Fiat Chrysler Automobiles xalqaro xoldingiga tegishli. 2017 yilda kompaniya sotuvchilarga rekord darajadagi 51 500 avtomobil joʻnatgan (1998 yilda atiga 518 ta avtomobil joʻnatilgan), 2019 yilda ishlab chiqarilgan avtomobillar soni 19 300 taga kamaydi.

Tarixi tahrir

 
Alfieri Maserati 1930 yilda Monzada
 
1957 Maserati 200SI Scarsdale Concours da

Maserati oilasida olti aka-uka bor edi: Alfieri, Bindo, Karlo, Ettore, Ernesto va Mario. Mario oʻzini sanʼatga bagʻishladi. Karlo poyga haydovchisi sifatida muvaffaqiyatli faoliyatini boshladi, ammo 1919 yilda u sil kasalligidan vafot etdi. Alfieri, Bindo va Ernesto Isotta Fraschini avtomobil firmasida ishlaganlar. 1914 yilda Alfieri Boloniya yaqinida oʻz ustaxonasini[1] ochishga qaror qildi. Koʻp oʻtmay, unga ikki aka-uka Bindo va Ernesto qoʻshildi va ular birgalikda ikki litrli dvigatelli sport avtomobilini qurishdi. 1926 yilda Diatoning moliyaviy koʻmagida aka-uka Maserati kompaniyasiga asos soldi. Kompaniya 4, 6, 8 va 16 silindrli dvigatelli avtomobillar ishlab chiqarishni boshladi. Alfieri tomonidan boshqarilgan birinchi Maserati avtomashinalaridan biri 1926 yilda Targa Florioda yutdi.

Rassom Mario kompaniya emblemasi — uch tishli ayrini loyihalashtirgan. 1932 yilda Alfieri vafot etdi, ammo qolgan uchta aka-uka — Bindo, Ettore va Ernesto kompaniya faoliyatini davom ettirdilar[2].

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. „100 лет Maserati: История в фотографиях“ (ru). 1gai.ru (2014-yil 28-aprel). 2020-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-avgust.
  2. Brandpedia-история брендов и шедевры рекламы. „История бренда Maserati“ (ru). Brandpedia. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 14-avgust.